Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.08.2016

Birinchi liga. “Sevinch-2″ 3-turni yakunladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 48
Birinchi liga. “Sevinch-2″ 3-turni yakunladi

O‘zingizga ma’lum, “Sevinch-2″ jamoasiz VI O‘zbekiston birinchiligida ishtirok etmoqda. Gulnora To‘raeva shogirdlari Qibrayda bo‘layotgan birinchilikning 3-tur uchrashuvlarini bugun yakuniga etkazdi.

Asosan yosh futbolchi qizlardan tashkil topgan “Sevinch-2″ jamoamiz birinchilikning 3-turida to‘rtta uchrashuvda maydonga tushishdi. Ulardan ikkitasida g‘alaba, bir uchrashuvda durang va bir uchrashuvda mag‘lubiyatga uchrashdi. Qizlarimiz 3-turda etti ochko jamg‘arishdi, umumiy ochkolari sonini esa 18taga etkazib olishdi. Bu turda jamoamiz futbolchilari raqiblari darvozasini 7 marta ishg‘ol qilishib, o‘z darvozalaridan 1ta to‘p olib chiqishdi. Jamoamiz 3-turdan so‘ng 18 ochko to‘plashib, turnir jadvalining 4-pog‘onasini band etishdi.

Shunisi e’tiborliki, jamoamiz o‘tgan yilgi mavsumga nisbatan bu yilgi mavsumda ancha muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Bundan ko‘rinib turibdiki, murabbiylarning mehnati va yosh futbolchi qizlarimizning o‘zlariga bo‘lgan talabchanlik, bu yilgi mavsumdan natijasini ko‘rsatmoqda.

Jamoamiz 3-turdagi barcha uchrashuvlarda maydonga tushishib, turni yakuniga etkazishdi va bugun Toshkentdan Qarshiga etib kelishadi. O‘zbekiston Birinchiligi esa davom etmoqda, ertaga 3-turning so‘nggi uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Quyida “Sevinch-2″ jamoasining 3-turdagi natijalarini e’tiboringizga havola qilamiz.

12 avgust (juma)

“Dinamo-plyus” (Samarqand) – “Sevinch-2″ (Qarshi) 0:2

13 avgust (shanba)

“Sevinch-2″ (Qarshi) – “TerDU Surxan” (Termiz) 0:0

14 avgust (yakshanba)

“Navbahor W” (Namangan) – “Sevinch-2″ (Qarshi) 1:0

15 avgust (dushanba)

“Sevinch-2″ (Qarshi) – “Sharq Yulduzi” (Guliston) 5:0

O‘zbekiston Birinchiligining navbatdagi 4-turi 17-22 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar