Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.08.2016

Muhammadqodir Abdullaevning muvaffaqiyatini takrorlagan «andijonlik PakShyao»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 90
Muhammadqodir Abdullaevning muvaffaqiyatini takrorlagan «andijonlik PakShyao»

Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga ilk oltin medalni boks musobaqalarining eng engil – 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan Hasanboy Do‘stmatov olib keldi.

Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni, filippinlik Menni PakShyaoni kumiri deb hisoblaydigan Hasanboy Do‘stmatov Instagram’dagi sahifasini Manny Hasan Pacquiao Pacman nomi ostida yuritadi. U 1993 yil, 24 iyunSh kuni Andijon viloyatidagi Buloqboshi tumanida tavallud topgan. Olimpiada chempionligiga qadar o‘zbekistonlik bokschi bir qator musobaqalarda ishtirok etib, yuqori pog‘onalarni zabt etgan.
Hasanboy Do‘stmatov ilk marta 2011 yili yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida g‘olib bo‘lgan. Tajribasini orttirib borgan bokschi 2012 va 2013 yilda mamlakat birinchiligida tengsiz deb topilgan. 2013 yilning o‘zida Do‘stmatov O‘zbekiston kubogi bahslarida ham g‘olib chiqqan. Shuningdek, ko‘plab xalqaro turnirlarda g‘olib va sovrindorlar qatoridan o‘rin olib kelgan Hasanboy 2013 yili Rossiyaning Qozon shahrida o‘tkazilgan yozgi Universiada o‘yinlarida oltin medalga ega chiqqandi.

Bundan tashqari, 2015 yili Hasanboy Do‘stmatov Bangkokda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin olgan. Shuningdek, Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VI mavsumidan boshlab Hasanboy Do‘stmatov yangi tashkil topgan Uzbek Tigers («O‘zbek yo‘lbarslari») jamoasiga taklif etildi va o‘zining g‘alabasi bilan jamoaning musobaqa yarim finaliga chiqishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Bunga qadar u Ukraine Otamans («Ukraina atamanlari») safida bir nechta jang o‘tkazib, muvaffaqiyatga erishgandi.

O‘zbekistonlik bokschi Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmasi uchun Xitoyning Sian’An shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo va Okeaniya qo‘shma litsenzion turnirida oltin medalga ham sazovor bo‘lib, Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan edi.

Rio–2016 Olimpiadasi chempionligi yo‘lida o‘zbekistonlik bokschi avval meksikalik Xoselito Velaskesni (3:0), keyin esa qozog‘istonlik Birjan Jakipovni (3:0) ishonchli tarzda mag‘lubiyatga uchratib, yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Yarim finalda Hasanboy Do‘stmatov AQSh vakili Niko Ernandesni (3:0) qiyinchiliksiz taslim etib, musobaqaning finaliga yo‘l olgan va kamida bronza medalni naqd qilgandi.

Olimpiada finalida o‘zbekistonlik bokschi tajribali kolumbiyalik charm qo‘lqop egasi Yuberxen Martinesga qarshi jang olib bordi. Hayajonli o‘tgan bahsda Hasanboy Do‘stmatov barcha raundlarda ustunlik ko‘rsatib, o‘z vaznida tengsiz ekanini isbotladi.

So‘nggi marotaba boks bo‘yicha Olimpiada oltin medalini Andijon boks maktabining tarbiyalanuvchisi Muhammadqodir Abdullaev, 2000 yili Sidneyda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida qo‘lga kiritgan edi. 16 yildan so‘ng aynan andijonlik bokschi Muhammadqodir Abdullaevning natijasini takrorlash baxtiga musharraf bo‘ldi.
Final jangidan avval bergan intervShyusida Hasanboy Do‘stmatov Muhammadqodir Abdullaevni ham eslab o‘tdi. «O‘sha oltin medalSh hozirgacha yagona bo‘lib keldi. Men ham Muhammadqodir aka kabi chempion bo‘lishni istayman. G‘alabam qolgan bokschilarni ruhlantirishini xohlardim» – deya fikr bildirgan edi Do‘stmatov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar