Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.08.2016

Shahram G‘iyosov g‘alabani Ronaldu uslubida nishonlagani chet el OAVlari e’tiboriga tushdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 901
Shahram G‘iyosov g‘alabani Ronaldu uslubida nishonlagani chet el OAVlari e’tiboriga tushdi

Rio–2016 Olimpiada o‘yinlari boks musobaqasining -69 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov chorak finalda kubalik RonShelSh Iglesias ustidan erishilgan g‘alabani «Real» klubi va Portugaliya termasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu uslubida nishonladi.

Yarim finalga chiqib, kamida bronza medalini taqdim qilgan Shahram G‘iyosovning Ronaldu uslubidagi xatti-harakati Marca, Goal, CBC Goal kabi mashhur xorijiy nashrlar e’tiboriga tushdi.

«Krishtianu Ronalduning o‘sha mashhur yugurishi, sakrashi va aylanishini Riodagi Olimpiada o‘yinlarida ham ko‘rish mumkin bo‘ldi. Faqat futbol maydonida emas, boks ringida — o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov ijrosida», — deb yozadi Goal.

«Shahram G‘iyosov Braziliyada shuhrat qozonishga ulgurdi. London–2012 Olimpiada o‘yinlarining o‘rta vazndagi chempioni kubalik RonShelSh Iglesiasni mag‘lubiyatga uchratgan G‘iyosov o‘z g‘alabasini antiqa tarzda nishonlashi uchun sabab bo‘ldi», – deyiladi CBC Sports nashrida.

«O‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov chorak finaldagi g‘alabasini shu tarzda nishonladi», – deb quyidagi suratni ilova qildi Marca.

Eslatib o‘tamiz, final yo‘llanmasi uchun Shahram G‘iyosov marokashlik Muhammad Rabi bilan kuch sinashadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar