Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.08.2016

Lola Karimova-Tillyaeva Oksana Chusovitinani Olimpiadadagi muvaffaqiyati bilan qutladi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 87
Lola Karimova-Tillyaeva Oksana Chusovitinani Olimpiadadagi muvaffaqiyati bilan qutladi

“Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi raisi, O‘zbekistonning YuNESKOdagi doimiy vakili, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining prezidenti Lola Karimova-Tillyaeva ayni damda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etayotgan gimnastikachi Oksana Chusovitinani qo‘lga kiritgan yangi yutug‘i bilan qutladi. Ettinchi bor Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etayotgan Oksana Chusovitina bu gal Olimpiadaning final bahslarida ettinchi o‘rinni egalllab, tayanib sakrash bo‘yicha jahonning eng kuchli 10 sportchisi qatoridan o‘rin egalladi.

“Azizlar, o‘zbekistonlik gimnastikachimiz Oksana Chusovitina Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiadadagi final bahslarida ettinchi o‘rinni egallab, tayanib sakrash bo‘yicha eng kuchli sportchilar o‘ntaligiga kirdi.

Sport gimnastikasi bo‘yicha jahon va Olimpiada chempioni unvonlariga sazovor bo‘lgan Oksana, mana 25 yildan oshibdiki, umrini katta sportga bag‘ishlab kelmoqda.
Chusovitina – chinakam buyuk sportchi! 41 yoshni qarshi olgan Oksana – ettinchi bora Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan ilk gimnastikachi ayoldir.
Katta sportda erishgan ulkan muvaffaqiyatlari bilan Oksanani chin ko‘ngildan qutlaymiz!
Dunyo bo‘ylab minglab sportchilar va oddiy insonlarni ilhomlantiruvchi Oksana Chusovitina Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlarida ishtiroki bilan yosh bilan bog‘liq stereotiplarni yo‘qqa chiqardi va inson irodasi qanchalar kuchli ekanini isbotladi!
Tabriklaymiz sizni, Oksana!”, deb yozadi Lola Karimova-Tillyaeva.
Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina 1975 yilning 19 iyunida Buxoro viloyatida tavallud topgan. 1992, 1996, 2000, 2004, 2008, 2012 yillarda o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Joriy yil Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilayotgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlari Chusovitinaning faoliyatidagi ettinchi Olimpiadadir.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar