Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.08.2016

Hasanboy Do‘smatov: "Olimpiya chempioni bo‘laman deya niyat qilganman"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 634
Hasanboy Do‘smatov: "Olimpiya chempioni bo‘laman deya niyat qilganman"

Sport olamining eng yirik musobaqasi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish har bir sportchining ulkan orzusi. Olimpiada o‘yinlarida g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilish ikki hissa sharafdir.
Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida bugun hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatovning g‘alabasi sharafiga Davlatimiz madhiyasi yangrab, muzaffar bayrog‘imiz sarbaland ko‘tarildi. Bu mamlakatimiz Istiqlolga erishganidan buyon Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan ettinchi oltin medaldir.
Boks bo‘yicha eng engil vazn toifasida Vatanimiz sharafini himoya qilgan Hasanboy Do‘smatov bugun bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi final jangida kolumbiyalik Martines ustidan zafar quchib, o‘z vaznida dunyoning birinchi raqamli sportchisi ekanligini amalda isbotladi.
“Vatanimiz bayrog‘ini Olimpiya o‘yinlarida sarbaland ko‘targanimdan juda ham baxtiyorman. Bu butun O‘zbekistonning g‘alabasidir. Men ozod va obod yurtda tug‘ilib voyaga etganligimdan va xalqaro maydonda O‘zbekiston nomidan maydonga chiqayotganligimdan doimo faxrlanaman. Muhtaram Prezidentimiz biz yoshlarga qarata marrani doimo yuqori oling, zero O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emas va hech qachon kam bo‘lmaydi degan so‘zlari qalbimga abadiy muxrlangan. Prezidentimizning ushbu da’vatlari barcha o‘zbekistonlik yoshlar kabi meni ham doimo yangidan-yangi marralar sari chorlaydi. Fursatdan foydalanib, biz sportchilarga qaratilayotgan alohida e’tibor va ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik uchun Davlatimiz hamda xukumatimiz rahbariyatiga cheksiz minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Olimpiya o‘yinlaridagi oltin medalimni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga hamda barchamiz uchun eng aziz, eng ulug‘ bayram Mustaqilligimizning 25 yilligiga bag‘ishlayman”, - deydi Hasanboy Do‘smatov.
Hasanboyni yaqindan bilganlar uni tug‘ma iste’dod sohibi ekanligini bod-bod takrorlashadi. Bolaligidan sportga mehr qo‘ygan Hasanboy o‘z oldiga yuksak marralarni qo‘ydi va ana shu maqsadga erishish yo‘lida tingmay o‘z ustida ishlab, mahoratini toblab bordi. Ne baxtkim, bundan 16 yil avval murg‘ak qalbga tugilgan ezgu niyat bu kun ijobat bo‘lmoqda.
“2000 yili Avstraliyaning Sidney shahrida o‘tkazilgan Olimpiada o‘yinlarida 7 yoshli bolakay edim. Hali-hamon yodimda, hamyurtimiz Muhammadqodir Abdullaev boks bo‘yicha musobaqada barcha raqiblari ustidan zafar quchib, g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarilganini butun oilamiz bilan ko‘rganmiz. Shunda bir kun kelib men ham Olimpiya chempioni bo‘laman deya niyat qilganman. Niyatlarimiz ijobat bo‘lganidan juda ham xursandman”, - deya bolalik xotiralarini yodga oldi qahramonimiz.
Yaxshi niyat bir kun kelib albatta ro‘yobga chiqishiga Hasanboyning tarixiy g‘alabasi misolida yana bir karra amin bo‘lish mumkin. XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida Meksika, Qozog‘iston, AQSh hamda Kolumbiyalik charm qo‘lqop ustalarini mag‘lub etgan o‘zbek o‘g‘loni Hasanboy Do‘smatovning nomi endilikda Olimpiada g‘oliblari qatoridan o‘rin egalladi.
“Hasanboyning g‘alabasi qalbimizda faxr va g‘urur hislarini yanada jo‘sh urdirdi – deydi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Kasimov. Mahoratli charm qo‘lqop ustamizni g‘alabasi sharafiga muzaffar bayrog‘imiz ko‘tarilayotganda aksariyat vatandoshlarimiz kabi ko‘zlarimga xursandchilik ko‘z yoshlari keldi. Shuni ishonch bilan ayta olamanki, mahoratli bokschimizning ushbu olamshumul g‘alabasi Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida Vatanimiz sharafini himoya qilayotgan barcha sportchilarimizni yanada ruxlantirib, yangidan-yangi g‘alabalar sari chorlaydi”.
Ha, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz charm qo‘lqop ustalari o‘zlarining zafarli odimlari bilan yurtdoshlarimizni xushnud etishda davom etishmoqda. Ayni paytga kelib Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqalarida O‘zbekiston terma jamoasi bitta oltin (-46 kg, Hasanboy Do‘smatov) va bitta bronza medalini (-91 kg, Rustam To‘laganov) qo‘lga kiritgan holda sportning ushbu turi bo‘yicha o‘tkazilayotgan musobaqada ishtirok etayotgan davlatlar orasida peshqadamlik qilishmoqda. Albatta, bu hali hammasi emas. Oldinda mamlakatimiz charm qo‘lqop ustalari ishtirokidagi qator muhim janglar turibdi.
Jumladan, to‘rt nafar bokschimiz Murod Ahmadaliev (-56 kg), Fazliddin G‘oipnazarov (-64 kg), Bektemir Meliqo‘ziev (-75 kg) va Bahodir Jalolov (+91 kg) chorak finalda ringga ko‘tarilishsa, Shahram Giyasov (-69 kg) 15 avgust kuni final yo‘llanmasi uchun marokashlik bokschiga qarshi bahs yuritadi. Shu kuni Shahobiddin Zoirov (-52 kg) kuni chorak final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi.
Yana bir hushxabar. 14 avgust kuni delegatsiyamiz hisobi yana bir bronza medali hisobiga boyidi. Yunon-rum kurashi bo‘yicha 59 kg. vazn toifasida bahslarga kirishgan hamyurtimiz, ikki karra jahon chempionati sovrindori, uch karra Osiyo chempioni Elmurat Tasmuradov saralash bahslarida Serbiya va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi vakilini, uchinchi o‘rin uchun kechgan bellashuvda esa qirg‘izistonlik Arsen Eralievni mag‘lub etib, medallar kollektsiyasiga Olimpiya o‘yinlarining bronza medalini ham qo‘shib qo‘ydi.
Shunday qilib, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida hozircha 1 ta oltin va 4 ta bronza medaliga ega bo‘lgan O‘zbekiston delegatsiyasi umumjamoa hisobida 206 davlat orasida 36 o‘rinda bormoqda.
Shavkat Jalilov Anvar IlShyasov Rio-de-Janeyro shahridan maxsus tayyorlandi

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar