Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

15.08.2016

Rio-2016. Boks. Ahmadaliev qozog‘istonlik bokschini engib, chorak finalga chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 486
Rio-2016. Boks. Ahmadaliev qozog‘istonlik bokschini engib, chorak finalga chiqdi

Yana bir bokschimiz Rio-2016 olimpiadasining chorak finaliga chiqdi. 56 kg. vazndagi sportchimiz Murodjon Ahmadaliev birinchi bosqichdan ozod etilgandi. Ikkinchi bosqichda esa unga qozog‘istonlik kuchli bokschi Qayrat Eraliev to‘qnash keldi. Ushbu bokschilarning o‘tgan yili Qatarda o‘tgan JChdagi jangida Ahmadaliev g‘alaba qozongandi. Shu bois, qozoq bokschisi revansh maqsadida ringga ko‘tarilgandi.
Har ikkala bokschi bir-birini ayab o‘tirmadi. Ketma-ket zarbalarni bokschilar qabul qilishga majbur bo‘lishdi. Dastlabki ikki raund davomida Ahmadalievning zarbalari salmoqliroq va aniqroq bo‘ldi. Eraliev ikki bo‘lim so‘ngida nokdaunga tushishga ham bir bahya qoldi. Natijada hamyurtimiz ikki raunddan keyin amalda jang taqdirini hal qilib qo‘ydi — 20:18, 20:18, 20:18.
Uchinchi bo‘limda Qayrat vaziyatni o‘zgartirishga harakat qildi. Ko‘proq zarba berishga intildi. U so‘nggi raundni engdi, ammo jangda Murodjon Ahmadaliev g‘alaba qozondi — 29:28, 29:28, 29:28.

O‘zbekistonlik bokschi chorak finalda argentinalik Alberto Merianga qarshi ringga chiqadi. Ushbu jang 16 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar