Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.08.2016

Bugun futbol. “Neftchi” – “Lokomotiv”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 202
Bugun futbol. “Neftchi” – “Lokomotiv”

Bugun oliy liganing 18-turidan o‘rin olgan oxirgi uchta uchrashuv o‘tkaziladi. “Lokomotiv” Farg‘onada “Neftchi” mehmoni bo‘ladi. “Temiryo‘lchilar” bugun ertalab Farg‘ona shahriga etib kelishdi va mehmonxonaga joylashishdi. Jamoaning kayfiyati yuqori, yigitlar bugungi o‘yinga tayyor.

Oliy liga, 18-tur. 14 avgust
NEFTChI – LOKOMOTIV
Boshlanish vaqti – 18:30
Bosh hakam: Rustam Bobomurodov.

Turnir jadvalidagi o‘rni: “Neftchi” 8-o‘rinda (24 ochko), “Lokomotiv” 1-o‘rinda (45 ochko).
Ochkolar orasidagi farq – 21 ochko.

Ta’rif: Ketma-ket to‘rtta uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazgan “Lokomotiv” bugungi bahsni safarda o‘tkazadi. “Loko” oliy liganing ikkinchi davrasidan o‘rin olgan dastlabki ikkita bahsni g‘alaba bilan yakunladi. Jamoa o‘z maydonida avvaliga “Navbahor”ni (5:0), keyin “Andijon”ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. “Neftchi” esa dastlab o‘z uyida “Bunyodkor” ustidan 2:1 hisobida zafar quchgan bo‘lsa, o‘tgan turda xuddi shu hisob bilan “Navbahor”ga mag‘lub bo‘ldi.

Fakt: Jamoalarning Toshkentda kechgan birinchi davra o‘yinida “Lokomotiv” yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozongan. O‘yinda Marat Bikmaev ikkita to‘p kiritgan bo‘lsa, Temurxo‘ja Abduxoliqov bilan Kaxi Maxaradze bittadan gol urishgan. O‘sha o‘yinda Sardor Mirzaev “Eng yaxshi futbolchi” deb topilgandi.

Fakt: O‘z maydonida shu paytgacha sakkizta bellashuvda maydonga tushgan “Neftchi” shundan beshtasini g‘alaba bilan yakunladi, ikki bor durang o‘ynab, bir bor mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa Farg‘onada “So‘g‘diyona”ga 0:1 hisobida yutqazib qo‘ygan. “Neftchi”ning uydagi uchrashuvlarda to‘plar nisbati 11-7.

Fakt: “Lokomotiv” esa hozircha safarda 8ta bahsda ishtirok etib, shundan oltitasi g‘alaba bilan yakunlagan hamda ikki bor durang o‘ynagan. Jamoaning safar o‘yinlarida to‘plar nisbati 19-9. Umuman olganda, “Loko” oliy liga jamoalari orasida safarda eng ko‘p gol urgan jamoa bo‘lib turibdi. Bu borada ikkinchi o‘rin “Nasaf”ga tegishli. Qarshiliklar hisobida 16ta gol bor.

Eslatma: Kecha o‘tkazilgan “Neftchi” va “Lokomotiv” o‘rinbosarlarining Yoshlar ligasi bahsida durang qayd etildi – 1:1.

Bugun futbol. “Neftchi” – “Lokomotiv”

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar