Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

14.08.2016

Rio-2016. 14 avgust. O‘zbekistonlik sportchilar ishtirokidagi musobaqalar taqvimi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 489
Rio-2016. 14 avgust. O‘zbekistonlik sportchilar ishtirokidagi musobaqalar taqvimi

Bugun olimpiadaning to‘qqizinchi kuni. Bugungi kun O‘zbekiston delegatsiyasi va mamlakati uchun unutilmas kunga aylanishi mumkin. Boisi, bokschimiz Hasanboy Do‘smatov final jangini o‘tkazadi, Oksana Chusovitina tayanchdan sakrashda final bahslarida ishtirok etadi, yunon-rum kurash ustalarimiz bahslarda ishtirok etishadi.
Marafon, ayollar
Ikki nafar sportchimiz marafon bahslarida ishtirok etishadi. Sitora Hamidova va Marina Xmelyovskaya startga chiqishadi. Boshlanish vaqti — 17:30.

Yunon-rum kurashi
Bugun 59 va 75 kg. vazndagi yunon-rum kurashchilarning bahslari o‘tkaziladi. Engil vaznda Elmurat Tasmuradov, o‘rta vaznda esa Dilshod Turdiev gilamga chiqadi. Dastlabki nimchorak final bosqichida har ikkala bokchimizga serbiyalik kurashchilar raqiblik qiladi. Elmurat Kristian Fris, Dilshod Viktor Nemesga qarshi jang bilan bahslarni boshlaydi. Saralash bellashuvlari 18:00da, final janglari 01:00da boshlanadi.

Boks
Bugun 3 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi. Dastlab 64 kg. vaznda Fazliddin G‘oibnazarov chorak final yo‘llanmasi uchun hindistonlik Manoj Kumarga qarshi jang olib boradi. Boshlanish vaqti — 21:15.

Olimpiada chempionligi uchun bugun Hasanboy Do‘smatov final bahsida ishtirok etadi. Eng engil vazndagi sportchimizga kolumbiyalik Yurberjen Xerni Martines raqiblik qiladi. Boshlanish vaqti — 22:15.

Dastlabki bosqichdan ozod etilgan Murodjon Ahmadaliev (56 kg) bugun chorak final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi. Unga bu bosqichda qozog‘istonlik bokschi Qayrat Eraliev raqiblik qiladi. Boshlanish vaqti — 02:15.

Sport gimnastikasi, tayanchdan sakrash
Tayanchdan sakrash yo‘nalishida saralashdan muvaffaqiyatli o‘tib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan gimnastikachimiz Oksana Chusovitina bugun medallar uchun bahs olib boradi. Sakkiz sportchi orasida hamyurtimiz uchinchi bo‘lib startga chiqadi. Final musobaqasi 22:47da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar