Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.08.2016

Rio Olimpiadasida muhojirlar jamoasi qanday ishtirok etmoqda?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 226
Rio Olimpiadasida muhojirlar jamoasi qanday ishtirok etmoqda?

Avvalroq, Rio-de-Jeneyro shahridagi XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida muhojirlar jamoasi ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik. Mazkur o‘ziga xos jamoa 10 nafar sportchidan iborat.
Muhojir sportchilarning Olimpiadadagi ishtiroki qanday ketayotganiga bir nazar tashlasak.
Rami Anis (suzish)
Rio Olimpiadasida muhojirlar jamoasi qanday ishtirok etmoqda?

Anis “fristayl” usulida 100 metrga suzish bahsida o‘z shaxsiy rekordini o‘rnatdi. U marraga 54.25 sekundda etib keldi va 59 sportchi o‘rtasida 56-o‘rinni egalladi. Kecha, 11 avgust kuni “baterflay” usulida 10 metrga suzishda 43 nafar sportchi orasida 40-o‘rinni oldi.
“Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish ajoyibdir. Bu xuddi tushga o‘xshaydi, meni esa uyg‘ongim kelmayapti”, deydi Anis.
Yiech Pur Biel (engil atletika)
Rio Olimpiadasida muhojirlar jamoasi qanday ishtirok etmoqda?

Yiech bugun, 12 avgust kuni 800 metr masafoga yugurish bahslarida ishtirok etadi.
“Sport menga o‘zgacha hislarni berdi. Men oltin yoki kumush yuta olmasamda, dunyoga muhojir sifatida nimadir qila olish mumkinligini ko‘rsataman”, deydi Yiech.
Jeyms Chiengjiek (engil atletika)
Rio Olimpiadasida muhojirlar jamoasi qanday ishtirok etmoqda?

Jeyms 14 avgust kuni 400 metr masofaga yugurish bahslarida ishtirokini boshlaydi.
“Mening orzum – Olimpiada musobaqalarida yaxshi natijalarni ko‘rsatish, odamlarga yordam berish. Chunki meni ham kimdir qo‘llab-quvvatlagan va men ham shu ishni qilmoqchiman”, deydi Jeyms.
Paulo Amotun Lokoro (engil atletika)
Rio Olimpiadasida muhojirlar jamoasi qanday ishtirok etmoqda?

Paulo 16 avgust kuni 1500 metr masofaga yugurish bahslarida o‘z omadini sinab ko‘radi.
“Orzu qilish rekordni yangilashga sabab bo‘ladi. Oltin medal yutish – mening orzum”, Paulo.
Anjelina Nadai Lohalith (engil atletika)
Rio Olimpiadasida muhojirlar jamoasi qanday ishtirok etmoqda?

Anjelina 13 avgust kuni 1500 metr masofaga yugurish bahslarida kurash olib boradi.
“Men baxtliman, chunki Olimpiada musobaqalarida birinchi marta muhojirlar qatnashmoqda. Bu boshqa muhojirlarning ko‘nglini ko‘taradi. Ular qaerda bo‘lishmasin, shunchaki “o‘zga odam” emasliklarini his qilishadi”, deydi sportchi.
Rose Nathike Lokonen (engil atletika)
Rio Olimpiadasida muhojirlar jamoasi qanday ishtirok etmoqda?

Rose 17 avgust kuni 800 metr masofaga yuguradi.
“Mening orzum, oliy maqsadim – ota-onam va yor-u burodarlarimga, keyin esa muhojirlarga yordam berish”, Rose.
Yonas Kinde (marafonchi)
Rio Olimpiadasida muhojirlar jamoasi qanday ishtirok etmoqda?

Yonas 21 avgust kuni, ya’ni Olimpiada musobqalarining so‘nggi kunida medal uchun kurash olib boradi.
“Men hissiyotlarimni so‘z bilan tushuntirib bera olmayman. Bunda ajib kuch bor. Olipmiada o‘yinlarida bizga ishtirok etish uchun ruxsat berilgani muhojirlar uchun yaxshi yangilik”, deydi marafonchi.
Yolande Mabika (dzyudochi)
Rio Olimpiadasida muhojirlar jamoasi qanday ishtirok etmoqda?

Yolande ayollar o‘rtasida 70 kilogramm vazn doirasida isroillik raqibasi Linda Bolderga qarshi tatamiga chiqdi va mag‘lub bo‘ldi.
“Dzyudo menga pul bermadi, ammo kuchli qalb ato etdi. Men oilamdan ayrilgach, faqat yig‘ladim. Dzyudoni yaxshiroq hayot kechirish uchun boshladim”, deydi sportchi.
Yusra Mardini (suzuvchi)
Rio Olimpiadasida muhojirlar jamoasi qanday ishtirok etmoqda?

U 100 metrlik “baterflay” va “fristayl” usullarida suzish bahslarida juda yaxshi qatnashdi, lekin omad unga kulib boqmadi.
“Men odamlarning muhojarlar haqida to‘g‘ri fikr yuritishlarini xohlardim. Ularning ham Vatanlari bo‘lgan va uni uni tark etishga majbur bo‘lishgan. Bu ular o‘z erini tashlab qochib, muhojir bo‘ldi degani emas”, deya ta’kidlaydi Yusra.
Popole Misenga (dzyudo)
Rio Olimpiadasida muhojirlar jamoasi qanday ishtirok etmoqda?

U dastlabki kurashda hindistonlik sportchi Avtar Sinxni mag‘lub etdi. Ikkinchi bahsda Janubiy Koreya sharafini himoya qilayotgan Gvak Dong-hanga imkoniyatni boy berdi.
“Mening ikki akam bor, ammo ularni ko‘rmaganman. Men ularning ko‘rinishlari haqida ham tasavvurga ega emasman. Chunki biz go‘daklik chog‘imizdayoq bir-birimizdan ayrilganmiz. Men birodarlarimga o‘z salomimni yo‘llayman”, deydi Popole. Ruslan Sulaymonov Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar