Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.08.2016

Arab-Isroil qarama-qarshiligi Rio Olimpiadasida ham kuzatildi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 70
Arab-Isroil qarama-qarshiligi Rio Olimpiadasida ham kuzatildi

Rio-de-Jeneyro shahrida o‘tkazilayotgan Olimpiada o‘yinlarida misrlik dzyudochi Islom Al-Shahobiy isroillik raqibi Ora Sassonga imkoniyatni boy bergach, uning qo‘l uzatishiga javob bermadi. Dzyudo etiketi bo‘yicha sportchilar bahs yakunlangach, qo‘l silkitishlari kerak. Misrlik sportchining bu ishi muxlislarning hushtakbozligiga sabab bo‘ldi. Bu haqda “The Independent” xabar berdi.
Arab-Isroil qarama-qarshiligi Rio Olimpiadasida ham kuzatildi

Sasson Al-Shahobiyni kurash yakunlanishiga bir yarim daqiqa qolganda mag‘lub etdi. Sasson misrlik sportchiga qo‘l uzatganida, Al-Shahobiy undan orqaroq borib, boshini qimirlatdi. Buni kuzatib turgan hakam sport etiketini buzgan dzyudochini chaqirib, yoy shaklida raqibga ta’zim qilishi kerakligini aytganda, Al-Shahobiy boshini qimirlatish bilan kifoyalandi.
Xalqaro dzyudo federatsiyasining ma’lum qilishicha, mazkur ikki sportchi o‘rtasida bo‘lgan bahsning o‘zi muvaffaqiyat belgisi hisoblanadi. “Arab mamlakat sportchilarining Isroil vakillari bilan bahslarda qarama-qarshi kelgani ijobiy natijadir”, deydi tashkilot matbuot-kotibi Nikolas Messner. Uning aytishicha, dzyudoda raqiblarning o‘zaro qo‘l silkitishi shart emas, ta’zim qilish majburiydir.
Al-Shahobiy mamlakatida bir qator bosimlarga uchragan edi. Ko‘plab vatandoshlari uni isroillik raqib bilan bahs olib bormaslikka chaqirgan. 11 avgust kuni “Al-Sharq” telekanali boshlovchilaridan biri Mataz Matar Al-Shahobiyni musobaqadan chiqib ketishga undagan.
“O‘g‘lim, ko‘zingni kattaroq och, aldanma yoki o‘zingni-o‘zing isroillik sportchini engib, misrliklarni xursand qilaman deb aldama. Misr yig‘laydi, Misr g‘am chekadi va sen odamlar ko‘z o‘ngida sotqin bo‘lib qolasan”, deydi Matar.
Misr Olimpiya qo‘mitasining raisi Hishom Hatab esa sportga siyosatni aralashtirmaslikni ta’kidlab o‘tgan.
Misrning Yoshlar va sport vazirligi rahbari sportda raqib kimligidan qat’i nazar unga hurmat ko‘rsatish kerak ekanligi haqida aytib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Misr arab davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib Isroil bilan aloqalarni yaxshilash uchun tinchlik shartnomasini tuzgan mamlakatdir.
Ma’lumot o‘rnida, arab davlatlari va Isroil o‘rtasida mojarolar 1948 yildan, ya’ni Isroil davlati tashkil topgandan buyon davom etib keladi. Arablar tarixan Falastinga tegishli hududda yahudiylar davlati tashkil topganini ta’kidlab kelmoqda. Ushbu mojaroning sababi ham shudir.

Ruslan Sulaymono

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar