Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.08.2016

Rio-2016: Rekordlar, sensatsiyalar, xayratlar...

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 389
Rio-2016: Rekordlar, sensatsiyalar, xayratlar...

Shu paytgacha sportning ayrim turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqalarda bir qancha medallar jamlanmasi o‘ynab bo‘lindi. Bahslar kutilgan va kutilmagan natijalarga, quvonchli va ayanchli voqealarga boy o‘tmoqda. Qiziq holatlar ro‘y berib turibdi. O‘ziga xos rekordlar qayd etilmoqda.

Rishodning uchinchi medali

Xabaringiz bor: hozirgacha bizda ikkita bronza medalSh bor (Braziliya bilan o‘rtamizdagi 8 soatlik vaqt tafovutini inobatga olib, Rio — 2016 Olimpiadasiga oid barcha ma’lumot joriy yil 9 avgust sanasiga qadar holatni o‘z ichiga olgan). Dzyudo bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Diyorbek O‘rozboev delegatsiyamiz hisobiga dastlabki medalni keltirdi: vazni 60 ­kilo­grammgacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida tatamiga tushgan iste’dodli sportchimiz Avstraliya, Shveytsariya, Braziliya hamda Gruziya polvonlarini mag‘lub etib, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Yana bir polvonimiz Rishod Sobirov bu gal ham bronza bilan kifoyalandi. Ushbu sovrin Rishod uchun Olimpiya o‘yinlarining uchinchi medali ekanidan ham boxabarsiz, albatta. Dunyoda bugunga qadar Olimpiya o‘yinlarining uchta medalini qo‘lga kiritgan bor-yo‘g‘i to‘rt dzyudo ustasi bor: yaponiyalik Tadaxiro Nomura (dzyudo bo‘yicha yagona uch karra Olimpiada chempioni), gollandiyalik Mark Xoytsinga, frantsiyalik dzyudochilar Anjelo Parizi (bitta Olimpiadada ikkita medalSh olgan yagona dzyudochi) va David Duye.

Olimpiya o‘yinlariga to‘liq tarkib bilan borgan boks bo‘yicha erkaklar terma jamoamiz zafarli odimlarini davom ettirmoqda. Hozirgacha bo‘lib o‘tgan janglarda ringga ko‘tarilgan bokschilarimizdan Xurshid Tojiboev (60 kg), Rustam To‘laganov (91 kg), Hasanboy Do‘stmatov (49kg) g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi. Oldinda hali og‘ir atletikachilarimiz, taekvondochilarimiz, erkin va yunon-rum kurashchilarimiz turibdi. Ularning barcha-barchasi medallar shodasiga asosiy da’vogarlardan...

Di Kaprio «Olimpiya sovrindori»?

Kamondan o‘q otish bahslarida ishtirok etgan amerikalik sportchi Breydi Ellison kumush medalni qo‘lga kiritdi. U nafaqat Olimpiada medali, balki taniqli kinoaktyor Leonardo Di Kaprioga o‘xshashligi bilan ijtimoiy tarmoqlar qahramoniga aylandi. Ba’zilar Di Kaprio bu yil nafaqat «Oskar»da yutdi, balki Olimpiadada ham sovrindor bo‘ldi, degan gaplarga chippa-chin ishondi.

62 yoshda ot mindi

Yozgi Olimpiya o‘yinlarining eng keksa ishtirokchisi — 62 yoshda. Yangi Zelandiya vakili Juliya Broukxem shu yoshda ot sporti bahslarida ishtirok etdi.

Opa-singil raqiblar

Mana buni yangilik desa bo‘ladi: Rio — 2016 Olimpiadasida bir oilaning uch farzandi bitta sport turida startga chiqadi. Leyla, Lina va Lili Luyklar sport turlari qirolichasi hisoblangan engil atletikaning marafon bahslarida qatnashadi. Ta’kidlash kerakki, Olimpiya o‘yinlari tarixida hali bunaqasi bo‘lmagan.

Ayollar o‘rtasidagi marafon musobaqasi 14 avgust kuni o‘tkaziladi. Estoniyalik bu atletlar uch sovrinni o‘zlari bo‘lib olishni maqsad qilgan.

Bor-yo‘g‘i bitta

Rio Olimpiadasidagi eng kam sonli tarkibga ega mamlakat — Tuvalu ekan. Bu mitti mamlakatdan Olimpiya o‘yinlariga bir sportchi kelgan, xolos. Etimoni Timuani engil atletika musobaqasining 100 metr masofaga o‘tkaziladigan bahslarida ishtirok etadi.

Nazarimizda, bu sportchida medal uchun emas, yamaykalik afsonaviy sprinter Useyn Bolt bilan start oldidan biroz suhbatlashib olish imkoni bor, xolos. Nega deysizmi? Chunki Timuani aslida, futbolchi. «Millionlar o‘yini»da o‘z mamlakatining chempioni hisoblanadi. Terma jamoa tarkibida besh uchrashuvda maydonga tushgan.

Birinchi bo‘lib ketayotganda...

Gollandiyalik velosportchi AnnamShek van Vleten poygalarda sirg‘anib ketib, yiqilib tushdi. Ushbu hodisa finishga 12 kilometr qolganda ro‘y berdi. Poygada raqiblarini ancha ortda qoldirib, eng birinchi bo‘lib ketgan bu sportchi yomg‘irdan so‘ng yo‘llar sirpanchiq bo‘lib qolgani sababli yiqilib tushdi. Ma’lum bo‘lishicha, ushbu voqeadan so‘ng uning miyasi chayqalgan. O‘tgan tunni u reanimatsiyada o‘tkazdi.

Ko‘z yoshlarini tiya olmadi

Tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi bahslarda dunyoning birinchi raketkasi Novak Jokovich ilk davra uchrashuvidayoq mag‘lubiyatga uchrab, Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi. Serbiyalik tennischi uzoq vaqt jarohat sabab tennisdan yiroqda bo‘lgan argentinalik Xuan Martin DelSh Potroga ikki setda ham tay-breklarda 6:7, 6:7 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Kortni tark etayotib, sportchi ko‘z yoshlarini tiya olmadi. Biroq kimsan Jokovichni yig‘latgan Xuan Martin DelSh aynan shu uchrashuvga ketayotgan paytda mehmonxona liftida qamalib qolgan. Tennischining agenti Xorxe Vialining aytishicha, Martin liftda 40 daqiqa «zindonband etilgan». Keyin esa uni gandbol bo‘yicha Argentina terma jamoasi a’zolari liftdan «ozod» qilishgan.

6:0, 6:0

Yana bir tennis bahsida Olimpiya o‘yinlarining yangi rekordi o‘rnatildi. Dunyo reytingida 75-o‘rinni egallab turgan avstraliyalik Jon Milman ilk bosqichda litvalik Rikardas Berankisga bironta ham geymni yutqazmadi: 6:0, 6:0.

21 karra chempion

Amerikalik afsonaviy sportchi Maykl Felps Olimpiya o‘yinlarining suzish bahslarida 21 karra Olimpiya chempioni degan yuksak unvonga sazovor bo‘ldi. AQSh terma jamoasi a’zosi kuni kecha bir yo‘la ikki oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu Felpsning Rio Olimpiadasidagi uchinchi oltin medalidir. Hali Olimpiada tarixida bunday natijaga hech bir sportchi erishmagan.

Oyog‘i sinib ketdi

Sport gimnastikasi bo‘yicha bahslarda ishtirok etgan frantsiyalik Samir Ait Said mashqlarni bajarish vaqtida dahshatli jarohat oldi. Asabi bo‘shlar ko‘ra olmagan videodan ma’lum bo‘lishicha, uning oyog‘i dahshatli tarzda ikkiga ajralib qoldi. Atlet o‘zini qo‘llab-quvvatlab turganlarga minnatdorlik bildirib, Tokio — 2020 o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritishga va’da berdi.

Rekord yana Avstraliyada

Suzish bo‘yicha Avstraliya terma jamoasi qizlari erkin usuldagi estafeta (4X100 metr) bahslarida jahon rekordini yangilashdi. Emma Makeon, Brittani Elmsli, Bronte Kempbell va Keyt Kempbelldan iborat kvartet belgilangan masofani 3 daqiqayu 30,65 soniyada zabt etdi. Bu esa jahon rekordi edi.

E’tiborlisi, bundan avvalgi rekord ham avstraliyalik qizlarga tegishli bo‘lgan: 2014 yilning 24 iyulSh kuni, 3 daqiqayu 30,98 soniya.

Shahobiddin RASULOV

tayyorladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar