Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.08.2016

InShesta haqida siz bilmagan ma’lumotlar

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 166
InShesta haqida siz bilmagan ma’lumotlar

Tabiatan bosiq, kamgap, kamtarin bu futbolchi maydonda ortiqcha hissiyotga berilmaydi.

InShesta haqida siz bilmagan ma’lumotlar

Sovuqqon, raqib bilan ziddiyatga kelganini uchratmaysiz. Qo‘pol emas, raqibga jarohat etkazmaydi.

To‘pni shu qadar aniq va qulay uzatadiki, jamoadoshlari gol urish uchun 99 foizlik imkoniyatga ega bo‘ladi. Kichik jussali «xavbek»ning raqiblarni mahorat bilan aldab o‘tishi, tugal driblinglari va tezkor qarorlari tomoshabinlarni lol qoldirmay qo‘ymaydi...

Ispaniya terma jamoasi a’zosi hamda «Barselona» klubi sardori, dunyoning eng kuchli yarim himoyachilaridan biri Andres InShestaga dunyo futbol mutaxassislari ana shunday ta’riflarni beradi. Bu tajribali futbolchiga yurtimizda ham havas ko‘zi bilan qaraydigan «millionlar o‘yini» muxlislari ko‘p.

U 2008 yil 21 iyulda Toshkentga Messi, Xavi va Fabregas bilan birga kelib, yosh o‘zbek charm to‘p ustalari bilan «master klass» o‘tkazganda, bu yaqqol namoyon bo‘lgan. Chunki InShesta klub safida ham, terma jamoa libosida ham professional futbolchi erishishi mumkin bo‘lgan eng oliy sovrinlarning barchasini qo‘lga kiritgan. Shaxsiy natijalari va sovrinlari bir talay.

«Real»ni tanlamagan «Kasper»

1984 yilning 11 mayida FuentealShbilShyada (AlShbasete, Ispaniya) dunyoga kelgan Andres bolaligidan og‘ir mehnat ichida o‘sdi. Oilaviy sharoiti murakkabligi bois ko‘pincha duch kelgan ishni qilib, barvaqt pul topishga o‘rgandi. Ota-onasi kun bo‘yi oshxonayu qovoqxonalarda xizmatkorlik qilar, topgan puli ijara haqiga arang etardi. Ana shunday qiyinchiliklarni ko‘rgani uchunmi, u boy klublar safida to‘p tepishni orzu qilardi.

InShesta endi maktabga qadam qo‘ygan kezlari ota-onasi uni «Real» klubi akademiyasiga olib bormoqchi bo‘lgan ekan. Bilasiz, «Qirollik klubi» kataloniyaliklarning printsipial raqibi. O‘sha vaqtda «Real» mavsumlarni ajoyib tarzda o‘tkazar, ketma-ket sovrinlar yutib olayotgan edi.

Lekin so‘nggi lahzalarda Andres orzular shahri — Madridga bormaydigan bo‘ldi. Ota-onasiga «Real» klubi maktabi joylashgan hudud ma’qul kelmadi. Keyin bolakay «AlShbasete» klubiga qatnay boshladi. Bu erda u futbol sir-asrorini puxta o‘zlashtirdi. Unda noyob iqtidor shakllanib, e’tiborsiz qolgani yo‘q: «Barsa»ning bolalar jamoasi — «Barselona B» mutasaddilari 1996 yili sentyabrda Andresni o‘z safiga qabul qildi. Shu tariqa, u 12 yoshidan buyon klubini o‘zgartirmay kelmoqda.

Futbol maktabida o‘quvchilar bir-biriga turli beg‘ubor laqablar qo‘yishga odatlangandi. O‘sha vaqtlar Xavi Ernandes, Sesk Fabregas, Jerard Pike, LionelSh Messigacha — hammaning «qo‘shimcha nomi» bor edi. Andresni ham bolalar turli laqablar bilan chaqirardi. Masalan, rangi dokadek oppoq va nimjon ko‘rinsa-da, maydonda chinakam dahshatga aylanishini hisobga olib, goh «Kasper», goh «Ajal» deb chaqirishardi. Keyinchalik aqlbovar qilmas harakatlari uchun uni sport sharhlovchilari «Ko‘zbog‘lovchi» deb nomlashdi...

«Daniel Xarke doimo biz bilan»

2001 yili «Barsa»ning o‘sha vaqtdagi murabbiyi Ser Bobbi Robson 17 yashar InShestani asosiy klubga olib keldi. Jahonning grand jamoalaridan birida to‘p surish osonmi? Yana 17 yoshda-ya! O‘smir futbolchi zaxira o‘rindig‘ida uzoq qolib ketmadi. O‘ziga bo‘lgan ishonchi va yorqin iqtidori uning asosiy tarkibdan tezroq joy olishiga sabab bo‘ldi. U klubning o‘sha kezlardagi etakchisi va ko‘k-anorranglilarning ayni paytdagi bosh murabbiyi Luis Enrike bilan uchrashdi va birga mashg‘ulotlar o‘tkazib, ko‘p narsalarni o‘rgandi.

Gollandiyalik mutaxassis Frank Raykaard davriga kelib esa, Andres olimpiya chempionlari SamuelSh Eto’o, LionelSh Messi, RafaelSh Markes, shuningdek, yurtdoshlari Karles PuyolSh, Xavi Ernandes va Viktor ValShdes bilan yangi klub barpo etishdi. Va nihoyat, Pep Gvardiola qo‘li ostida InShesta chinakam yulduzga aylandi. Aynan uning murabbiylik yillari mashhur «uchlik» — InShesta, Xavi va Messi tashkil topdi.

Tinimsiz mashg‘ulotlar va albatta, favqulodda iste’dod unga ketma-ket muvaffaqiyat keltirdi. «Qizil furiya» safida ikki karra Evropa, bir marta jahon chempioni bo‘ldi. Ayniqsa, 2010 yili JARda kechgan mundial finalida g‘alaba to‘piga mualliflik qildi. Gollandiya darvozasiga kiritgan goli (hayotidagi eng muhim gollardan biri)ni «EspanShol» klubi sardori Daniel Xarkega bag‘ishladi. Ispaniya yoshlar terma jamoasida birga to‘p surgan do‘stining 2009 yili kutilmaganda yurak xurujidan vafot etgani InShestani qattiq iztirobga solgandi.

Badavlat, insonparvar, saxiy

Bugun Andres juda mashhur. Bir paytlar yashash uchun kurashgan InShesta hozir mulkdor millioner. O‘zi tug‘ilib o‘sgan FuenteabilShya shahridagi dalalarda barpo etilgan uzumzorlarning eng faol xaridori. Dehqonlar unga va otasi Xose Antonioga ishonadi. Ularga tegishli «Bodega Iniesta» nomli firmaga qizil, oq va pushtirang uzumlardan etkazib beradi. Firma mahsulotlari «InShesta» brendi ostida butun dunyoga eksport qilinmoqda.

InShestaning odamgarchilik xislati ko‘p. Bunda sportning o‘rni beqiyos, albatta. Ha, aynan sport uning irodasini tobladi, ruhini tetik qildi, salomatligini mustahkamladi, sinovlarni bardosh bilan engishga, odamlar bilan do‘stlashishga o‘rgatdi.

Bundan tashqari, u 8 dan 12 yoshigacha o‘ynab, katta futbolga qadam qo‘ygan, «Barsa» skautlari e’tiborini qozonishiga sababchi bo‘lgan jamoasi — «AlShbasete»ni aslo yodidan chiqargani yo‘q. U erdagi murabbiylar va bolalar bilan vaqt topib ko‘rishib turadi. Xususan, 2011 yili yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan klubni asrab qoldi: «AlShbasete» o‘z futbolchilariga to‘lash uchun bankdan qarz olgan va uni to‘lolmay turgan paytda Andres jamoa g‘aznasiga 420 ming evro o‘tkazib berdi. Keyin bu holat yana va yana takrorlandi...

Yaqinda bir faktni o‘qib qoldim. Nazarimda, aynan shu ulkan iste’dod sohibi bo‘lgan futbolchining xarakterini to‘la aks ettiradi: «Andres futbol maktabiga kiyib borgan ilk oyoq kiyimini haligacha uyida saqlaydi. Bunga sabab uning qimmatbaholigi yoki qandaydir xosiyatga ega ekani emas, balki shu butsani sotib olishga pul topaman deb, otasi uch oy ishlagan ekan...»

Zohidjon XOLOV

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar