Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.08.2016

Darvozabon qanday bo‘lishi kerak?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 84
Darvozabon qanday bo‘lishi kerak?

Futbolda darvozabonni yarim jamoa deyishadi. Bu bejiz emas.

Chunki uning ishonchli o‘yini himoyachilarga, himoyachilarning o‘z vazifasini to‘la-to‘kis bajarishi esa boshqa jamoadoshlarga kuch bag‘ishlaydi. Darvozabon to‘p o‘tkazib yubormasligi uchun jismoniy tayyorgarlikdan tashqari, yana bir qancha sifatlarga ega bo‘lishi zarur.

Ruhiy qolat

Professional darvozabon bo‘lishni maqsad qilgan odam o‘ziga ishongan, metin irodali va har qanday holatda ham ruhiy muvozanatni yo‘qotmaydigan bo‘lishi kerak. To‘g‘ri, jamoani butun o‘yin davomida goldan qutqarishning imkoni yo‘q. Mabodo to‘p o‘tkazib yuborsangiz, tushkunlikka tushmang. Qaytaga, har qanday salbiy epizodlarni unutib, buyog‘iga xatolar qilmaslikka astoydil intiling.

Yana xotirjamlik va sovuqqonlikni saqlang. Negaki, o‘yin davomida juda ko‘p stressli va asabiy holatlar bo‘ladi. Masalan, jamoadoshlaringiz golli vaziyatlarda «qovun tushirganda» yoki raqib bilan tortishganda, to‘qnashganda va hokazo hollarda o‘zingizni qo‘lga ola biling.

Jamoadagi obro‘

Darvozabon zimmasidagi vazifalardan tashqari, o‘zining himoyachilari chizig‘ini ham boshqara bilishi shart. Futbolchilarga standart vaziyatlarda qaerda turish, qaerni yopish lozim kabi ko‘rsatmalarni aynan u beradi. Darvozabon o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lsa, qolgan o‘yinchilar o‘zini xotirjam his etadi.

O‘yindagi harakatlar

Zamonaviy futbol tarixida jismoniy ko‘rsatkichlari u qadar yuqori bo‘lmagan darvozabonlar ham katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Shu ma’noda darvozaga berilgan zarbalarni qaytarish uchun albatta ikki metr bo‘yga ega bo‘lish shart emas. Ammo turgan joyingizda yon tomonlardagi burchakka o‘rtacha 3,5 metrga sakray olishingiz zarur.

Darvozani qo‘riqlashda asosiysi pozitsiyani to‘g‘ri tanlashdir. Buning uchun esa mashg‘ulot va o‘yinlarga yuz foiz berilib harakatlanish, matchdan keyin yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilish hamda doimo birinchi bo‘lishga intilish ishtiyoqi bilan yashash kerak.

Shaxsiy sifatlar

Darvozabon botir bo‘lishi kerak. Chunki ba’zan raqib zarbasi tananing turli qismlariga yaxshigina jarohat etkazishi mumkin. Ana shunda to‘pga tashlanishdan cho‘chimaslik lozim. Agar kishi qo‘rqsa, u jarohat olishi aniq.

Yana bir muhim xususiyat bu — refleks, ya’ni tezkor reaktsiya. Kuchli zarbaning o‘rtacha tezligi soatiga taxminan 80 kilometrni tashkil etadi. Shu bois bu sifatlar kuchli zarbani qaytarishda asqatadi. Garchi siz to‘p yo‘nalishini topsangiz-u, uni qaytarishga vaqtida reaktsiya bildirmasa­ngiz yoki start olmasangiz, to‘pni o‘tkazib yuborishingiz muqarrar.

O‘yin vaqtida o‘zingizni ikkilantiradigan qaror qabul qilmang. Deylik, to‘p uchun kurashishga qaror qilgan bo‘lsangiz, uni oxirigacha etkazing. Har qanday holatda ham faqat o‘yin haqida o‘ylang.

Muhiddin TOLIBJONOV

tayyorladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar