Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

13.08.2016

Birinchi liga. «Nurafshon» - «Dinamo» - 1:6...

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 51
Birinchi liga. «Nurafshon» - «Dinamo» - 1:6...

Birinchi Liga ikkinchi davrasining dastlabki uchrashuvida Buxoroga safar qilgan «Dinamo» jamoasi «Nurafshon» ustidan yirik hisobda zafar quchdi.

Butun o‘yin davomida Ilhom Sharipov shogirdlari mezbonlardan har tomonlama ustun ekanliklarini namoyish etishdi. Bahsni hujumkor boshlagan samarqandlik futbolchilar o‘yinning dastlabki 10 daqiqasidayoq bahs taqdirini hal etib qo‘yishdi.

Hujumkorlik natijasida 2 va 3-daqiqalardayoq Viktor Klishini «dubl»ga erishgan bo‘lsa, 8-daqiqada yana bir hujumchi Amirjon Safarov o‘z goli bilan hisobni 0:3ga etkazib, Samarqanddan etib kelgan o‘nlab muxlislarga quvonch bag‘ishladi. Oradan yana bir daqiqa o‘tib Evgeniy Kochnev hisobni qisqartirishga erishdi, 1:3.

Tezkor gollar buxorolik futbolchilarni sarosimaga tushirib qo‘ydi. Birin-ketin hujumlardan yana biri 21-daqiqada Viktor Klishinning uchinchi goli bilan yakunlandi va u o‘z «xet-trik»ini nishonladi, 1:4.

Birinchi bo‘lim yakunida esa chap qanotda ancha faol bo‘lgan Saidjamol Davlatjonov hisobni 1:5 ko‘rinishiga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda o‘yin taqdiri amalda hal bo‘lganligini har ikki tomon ham tushunib to‘p surishdi. Shunga qaramay muxlislar hujumkor futbol guvohiga aylanishdi. Natijada zaxiradan maydonga tushgan Doston Ibragimov 72-daqiqada «Nurafshon» jamoasi darvozasiga o‘yindagi 6-golni urib, yakuniy natijani o‘rnatdi – 1:6.

Samarqand jamoasi Oliy Liga sari yana bir muhim qadamni tashlab, asosiy raqiblaridan biri ustidan yirik hisobdagi g‘alabaga erishdi. «Dinamo» navbatdagi turni ham Buxoro viloyatida o‘tkazib, 15 avgust kuni «Fijduvon» klubi mehmoni bo‘ladi.

Birinchi Liga.

19-tur. 12 avgust (juma)

«Nurafshon» – «Dinamo» – 1:6

Vobkent, 257 tomoshabin.

Hakamlar: I. Ibragimov (Nukus) – 8,2, D. Sarsenov (Nukus) – 8,3, B. Kannazarov (Nukus) – 8,1, A. Burov - 9

Gollar: E. Kochnev (9) – V. Klishin (2, 3, 21), A. Safarov (8), S. Davlatjonov (42), D. Ibragimov (72).

«Dinamo»: Mixail Naumov, Bunyod Isroilov, Akmal Bozorov (Mirkomil Lokaev, 61), Ubaydullo Nabiev, Iskandar Xolmirzaev, Jasur Azimov (Komil Sharofutdinov, 46), Saidjamol Davlatjonov, Jonibek Ko‘chimov (Doston Ibragimov, 53), Amirjon Safarov (Islom Sharipov, 72), Viktor Klishin (Alisher Xoliqov, 46).

Nazoratchi: R. Qoratoev (Toshkent viloyati).

Ogohlantirishlar: Jasur Azimov («Dinamo», 29).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar