Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.08.2016

"Nasaf" "Obod"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 75
"Nasaf" "Obod"ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Mamalakatimiz o‘yingohlarida bugundan 18-tur uchrashuvlariga start berildi. "Nasaf" bu turda Toshkentda “Obod” jamoasi bilan bahs olib bordi.

Uchrashuv kutilganidek jamoamiz hujumlari bilan boshlandi. Uchrashuvdagi hisob jamoamiz tomonidan 11-daqiqadayoq ochildi. Raqib himoyasi hushyorligini tekshiruvdan o‘tkazgan jamoamiz, biroz orqaga chekindi. Bundan foydalanmoqchi bo‘lgan “Obod” futbolchilari oldinga tashlanishdi. Ammo ular maydon markazida to‘pni yo‘qotib qo‘yishdi. Jamoamiz chap qanotdan tezkor hujum uyushtirishdi va Farruh Sayfiev to‘p bilan ta’minlandi. Sayfiev tezlik bilan jarima maydoniga kirib borib, darvozaga aniq zarba yo‘lladi va gol – 0:1.

Bu goldan keyin maydon egalarining ham o‘yini jonlandi, ammo ularning tashkil etgan hujumlari samara bermadi. O‘z navbatida jamoamiz tomonidan tashkil etilgan hujumlarda ham darvozani ishg‘ol qilishda futbolchilarimizdan omad yuz ugirdi.

Birinchi bo‘limda darvozalarga boshqa gollar kiritilmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshidan Allaniyozov o‘rniga maydonga tushgan G‘aniev jamoamiz o‘yinini sezilarli kuchaytirdi.

Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasiga kelib, Fozil Musaev hisobni 0:2 ko‘rinishga o‘zgartirdi. Jamoamizning navbatdagi tashkil etgan hujumida futbolchilarimiz to‘pni jarima maydonida Cheranga tashlab berishdi, ammo u to‘pni jarima maydoniga kirib kelayotgan Fozil Musaevga juda qo‘lay tarzda uzatib berdi, Musaev esa zarb bilan to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, jamoamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi – 0:2.

O‘z darvozalaridan ikkinchi golni o‘tkazib yuborgan “Obod” futbolchilari keyingi daqiqalarda bor e’tiborlarini hujumga qaratishdi. Ularning tashkil etgan hujumlari ham juda xavfli ko‘rinish oldi. Bu vaziyatlarda ayniqsa himoyachimiz Sherzod A’zamov va darvozabonimiz Sanjar Quvvatovlar juda yaxshi harakat qilishdi va darvozamiz dahlsizligini saqlab qolishda asosiy rolni o‘ynashdi.

66-daqiqaga kelib serbiyalik hujumchimiz Dragan Cheran hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Jamoamizning navbatdagi hujumlarining birida Doniyor Narzullaev darvozaga zarba yo‘lladi, to‘pni darvozabon qaytarib yubordi. Jarima maydonida hamisha hoziru-nozir Cheran qaytgan to‘pni, bir zarba bilan darvozaga joylab qo‘ydi – 0:3. E’tiborlisi, Cheran uch uchrashuvda raqiblar darvozasini 2 marta ishg‘ol qildi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida jamoalar imkon bo‘lgandan hisobni o‘zgartirish payida bo‘lishdi. Ammo uchrashuvda boshqa gollar kiritilmadi.

Shunday qilib, jamoamiz ikkinchi davradagi ketma-ket uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritdi va o‘z hisobiga qimmatli uch ochkoni yozib qo‘ydi.

“Nasaf” endi 19-tur uchrashuvida “Paxtakor” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 19 avgust juma kuni bo‘lib o‘tadi.

O‘zPFL, 18-tur. 12.08.2016

“Obod” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi) 0:3 (0:1)

“JAR” stadioni. Soat 18:00da

Gollar: Farruh Sayfiev, 11’-0:1, Fozil Musaev, 53’-0:2, Dragan Cheran, 66’-0:3.

Bosh hakam: Baxtiyor Namozov (Toshkent). Qanot hakamlari: X. Shodmonov (Buxoro), Sh. Fayziev (Jizzax). Zaxira hakami: D.Karimov (Toshkent). Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent). O‘zPFL vakili: V Shtern.

“Obod”:12.Dilshod Hamroev, 2.Abror Xusinov, 4.Xurshid G‘iyosov (44.Mirjamol Qosimov 72), 5.G‘ayrat Umirov, 9.Pavel Solomin (3.Ilhom Komilov 55), 11.Shohruh Norxonov, 20.Alisher Mirzaev, 55.Sardor Qahorov, 60.Anvar G‘ofurov (s), 70.Timur Hakimov (77.Alisher Shog‘ulomov 46), 88.Sardor Sobirxo‘jaev.

Zaxira: 1.Umidjon Yarbekov, 7.Javohir Qahramonov, 14.Akbarjon Xo‘jaev, 66.Farhod Mirahmatov.

"Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 23.Sherzod A’zamov (s), 22.IgorSh Golban, 7.Shuhrat Muhammadiev, 28.Fozil Musaev (27.Islom Rashidxonov 82), 34.Farruh Sayfiev, 18.Bahrom Abdurahimov, 38.Doniyor Narzullaev, 31.Saydullo Rahmatv, 21.Azamat Allaniyozov (6.Azizjon G‘aniev 46), 69.Dragan Cheran (15.Shaxboz Erkinov 70).

Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 14.Sharof Muhiddinov, 24.Ognen Krasich, 5.IlShdar Mamatkazin.

Ogohlantirish: Sardor Qahhorov 55.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar