Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.08.2016

Navoiylik muxlislar Olmaliqqa boradi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 70
Navoiylik muxlislar Olmaliqqa boradi

Ikkinchi davrani muvaffaqiyatli boshlagan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi 18-tur doirasida Toshkent viloyatining “Olmaliq” futbolchilari mehmon bo‘ladi. Navoiyliklarning oxirgi turlardagi g‘alabasida muxlislarning ham katta hissasi bor, albatta.

Joriy yilgi mavsumda sovrinli o‘rinlarga ko‘z tikkan “Qizilqum” jamoasini Toshkent viloyatida ham Muxlislar klubi a’zolari qo‘llab-quvvatlab turishadi.

— Ikkinchi davrada sezilarli darajada kuchaygan jamoamizning uchrashuvlarini kuzatish biz muxlislarga zavq beradi. E’tirof etish kerakki, klubimiz muxlislari soni nafaqat Navoiyda, balki mamlakatimizning boshqa viloyatlarida ham ortib bormoqda. Muxlislar klubi ham aslida bir jamoa! Maydonda “Qizilqum”ning 12-o‘yinchisi vazifasini o‘tashga doimo tayyormiz! Bundan faxrlangan holda mavsum oxiriga qadar deyarli barcha uchrashuvlarda bevosita stadiondan turib “Qizilqum”ni qo‘llab-quvvatlashga doimo shaymiz! Zero, barcha muxlis uchun jamoasining uchrashuvlarini stadiondan turib tomosha qilish baxt hisoblanadi, — deydi “Qizilqum” PFK Muxlislar klubi etakchisi Shahriddin Ishnazarov.

Eslatib o‘tamiz, navoiylik muxlislarning Olmaliq shahriga borish-kelishi uchun “Qizilqum” futbol klubi maxsus avtobus ajratgan. Avtobus 13 avgust kuni ertalab soat 6.30 da Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” stadioni oldidan jo‘naydi.

Murojaat uchun telefon: +998913333773. Shahriddin Ishnazarov.

Demak, “Qizilqum” jamoasi muxlislarini Olmaliqdagi OTMK sport majmuasiga taklif etamiz. “Olmaliq” — “Qizilqum” uchrashuvi 13 avgust kuni soat 19.15 da boshlanadi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar