Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

12.08.2016

Ro‘ziqul Berdiev: "Bugun ishonchli g‘alabaga erishdik"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 104
Ro‘ziqul Berdiev: "Bugun ishonchli g‘alabaga erishdik"

Bugungi “Obod” - “Nasaf” uchrashuvidan so‘ng matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanining dastlabki qismida jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev ishtirok etdi va quyidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

-Bugun ishonchli g‘alabaga erishdik. Shuni aytib o‘tishim kerakki, “Obod” jamoasining o‘yini ham yaxshi taasurot qoldirdi. Ularda ham bugun golga aylantiradigan vaziyatlar bo‘ldi. Qisqacha qilib aytganda, jamoamizning saviyasi ularga nisbatan yuqoriligi ko‘rindi, shuning hisobiga biz g‘alabaga erishdik. Buning uchun futbolchilarimizga minnatdorchiligimni bildiraman, ular bugun o‘zlarini nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatishdi.

Tarkibimizda ancha o‘zgarish bo‘ldi, shundan hali futbolchilarimizni bir-birlarini tushunib o‘ynashida kamchiliklar bor, bu kamchiliklar ustida ishlaymiz, buni bartaraf etish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Krasichni nega tushirmadik? E’tibor bergan bo‘lsalaringiz, u ketma-ket oxirgi uchta o‘yinda to‘liq o‘ynadi. Oldimizda bizni qiyin o‘yinlar kutib turibdi. Shuning uchun bugun unga dam berdik. Jamoamiz o‘yinidagi kamchiliklar bu - oddiy hol. Yuqorida aytib o‘tdim, tarkibimizda o‘zgarishlar bo‘ldi, o‘yinchilarimiz vaqt o‘tgan sayin bir-birlarini yaxshi tushunib ketishadi. Bizning jamoamiz hech qachon bir o‘yinchiga bog‘lanib qolgan emas, jumladan Gevorkyanga ham. Bizda jamoaviy o‘yin bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi.

Biz terma jamoaga o‘yinchi tavsiya qilmaymiz, chunki terma jamoamizning murabbiylari kimni ma’qul ko‘rishsa, shu o‘yinchini terma jamoada o‘ynatadi. Ular doimo o‘yinchilarimizning o‘yinini kuzatib borishmoqda. Ular bilan biz har doim yaqin aloqadamiz. Murabbiylar o‘yinchilarimizning qay darajada tayyor ekanliklari to‘g‘risida qiziqib turishadi. Biz ham o‘z o‘rnida o‘yinchilarimizga MTJ o‘yinlariga doimo shay turishlarini uqtirib boramiz. Shuni yana takror aytaman, terma jamoamiz murabbiylarining qarorini hurmat qilaman.

To‘g‘ri, oldimizda “Paxtakor”dek jamoaga qarshi o‘yin kutib turibdi. Bunday o‘yinlardagi ma’suliyatni o‘yinchilarning o‘zlari ham his qilib turishadi. Alohida ruhiy tayyorgarlik? Bunday o‘yinlarda birgina ruhiy tayyorgarlikni o‘zi etarli bo‘lmaydi. Har tomonlama tayyorgarlik bo‘lishi kerak.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar