Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.08.2016

Buxoroda xalqaro turnir yakunlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 45
Buxoroda xalqaro turnir yakunlandi

Buxoroda Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlab kurash bo‘yicha an’anaviy xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Markaziy Osiyo kurash federatsiyasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan turnirda Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekistondan 200 nafar sportchi, jumladan, 50 nafar xotin-qiz 13 vazn toifasida kuch sinashdi.

Prezidentimiz rahnamoligida milliy qadriyatlarimizdan biri bo‘lgan milliy kurashni rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida bu sport turi tobora ommalashib, iste’dodli polvonlar etishib chiqayotgani ta’kidlandi. Ayni paytda dunyoning 100 dan ziyod davlatida kurash federatsiyalari faoliyat ko‘rsatayotgani buning isbotidir.

Turnirda o‘z vazn toifasida erkaklar o‘rtasida mamlakatimiz vakillari – F.Hamroev, O.Odilov, Sh.Nuriddinov, S.Ahmedov, M.Qudratillaev, I.Nusurov, rossiyalik N.Magarlamov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Xotin-qizlar o‘rtasida mamlakatimiz polvonlaridan D.Shermatova, R.Yo‘ldosheva, G.Jumaboeva, M.Mo‘minova, S.Esonova hamda Rossiyadan A.Vlasova shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

– Men aslida dzyudo bilan shug‘ullanaman, – deydi rossiyalik Aleksandra Vlasova. – Evropa chempionati sovrindoriman. Lekin usullarining jozibadorligi, jarohatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan xoliligi, halollik bosh mezon bo‘lgani bois kurashga qiziqib qoldim. Kelgusi yil ham bu turnirga kelaman.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar