Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.08.2016

Aviahalokatga 37 yil to‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 94
Aviahalokatga 37 yil to‘ldi

Bugun 1979 yil aviahalokatga uchragan «Paxtakor»dan ayrilganimizga 37 yil bo‘ldi.
Minskning «Dinamo» klubi bilan uchrashuvga yo‘l olgan o‘sha jamoa a’zolari bu o‘zlari uchun so‘nggi safar bo‘lishi mumkinligidan bexabar edilar. An’anaga ko‘ra, har yilning 11 avgust sanasida shonli jamoa vakillari yodga olindi. Ertalab "Paxtakor" stadionidagi yodgorlik oldiga futbol faxriylari, ishqibozlar, mutaxassislar, jamoamiz a’zolari, O‘FF va PFL xodimlari jam bo‘lishdi. Faxriylar aviahalokatga uchragan jamoa vakillari haqida xotiralarini yodga olib o‘tishdi.
Shundan so‘ng yig‘ilganlar "Botkin" qabristoniga yo‘l olishdi. U erda Mirzahakim To‘xtamirzaev, Alla Tazetdinova, Guram Daraseliya va boshqalar so‘zga chiqib, 1979 yilgi jamoa xususida fikrlarini bildirib o‘tishdi. Tadbirga "Bunyodkor", "Buxoro" va "Lokomotiv" vakillari ham tashrif buyurib, marhumlarga hurmat bildirishdi.

Shu o‘rinda biz avialhalokatda hayotdan ko‘z yumgan paxtakorchilarni eslab o‘tamiz:
Idgay Borisovich Tazetdinov 13.01.1933 Murabbiy
Vladimir VasilShevich Chumakov 08.12.1932 Shifokor
Mansur Inomjonovich Tolibjonov 04.04.1944 Ma’mur
Mixail Ivanovich An 19.11.1952 Yarim himoyachi
Vladimir Ivanovich Fyodorov 05.01.1956 Hujumchi
Olim Masolievich Ashirov 25.01.1955 Himoyachi
RavilSh Rustamovich Agishev 14.03.1959 Himoyachi
Konstantin Aleksandrovich Bakanov 25.05.1954 Yarim himoyachi
Yuriy Timofeevich Zagumennix 07.06.1947 Himoyachi
Aleksandr Ivanovich Korchyonov 04.05.1949 Yarim himoyachi
Nikolay Borisovich Kulikov 25.04.1953 Himoyachi
Vladimir VasilShevich Makarov 09.03.1947 Yarim himoyachi
Sergey Konstantinovich Pokatilov 20.12.1950 Darvozabon
Viktor Nikolaevich Churkin 25.01.1952 Hujumchi
Sirojiddin Ahmadovich Bozorov 10.08.1961 Hujumchi
Shuhrat Mo‘sinovich Eshbo‘taev 08.02.1959 Hujumchi
Vladimir Valievich Sobirov 14.01.1958 Hujumchi

O‘sha jamoa vakillarini eslash maqsadida turli xalqaro turnirlar o‘tkazilmoqda, xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Narpayda Sirojiddin Bozorov nomidagi stadion, Navoiyda esa Shuhrat Eshbo‘taevning xotirasiga “Shuhrat” nomli futbol maktabi tashkil etilgan. “Paxtakor” futbol klubining yordami evaziga Kurilovka qishlog‘ida jamoani eslatib turuvchi yodgorlik barpo etildi. O‘sha hudud yoshlar jamoasi “Paxtakor” deb nomlanadi, ular “Paxtakor” liboslarida maydonga tushib, o‘yinlarda ishtirok etishadi. Bu esa o‘sha jamoaga hurmat keltirilayotganini ko‘rsatib turibdi. O‘sha yoshlar jamoani ko‘rganda barcha 1979 yilgi jamoa to‘g‘risida yodga oladi. Yil davomida yurtimizning turli hududlarida xalqaro turnirlar o‘tkazib kelinmoqda.

8 avgust kuni Toshkentda Voroshilovgradning “Zarya” klubini 3:1 hisobida dog‘da qoldirgan “Paxtakor”ning o‘sha tarkibi uchun so‘nggi uchrashuvga aylanishini hech bir ishqiboz o‘ylab ham ko‘rmagandi. 13 avgustda Minskda “Dinamo”ga qarshi belgilangan uchrashuv arafasida ro‘y beradigan halokat hali butun millatni larzaga solishini hech kim bilmasdi. O‘zbekistonning faxriga aylangan futbol jamoasi samoda yo‘q bo‘lib ketdi. Ular millionlab insonlar uchun qahramonlar hisoblanardi. Maydonda har qanday raqibga qarshilik qila oladigan yigitlar samoda taqdir hukmi oldida barcha insonlar kabi ojiz edilar.

1979 yilning 11 avgusti. Toshkent vaqti bo‘yicha soat 13dan 35 daqiqa 38 soniya o‘tgan. Shu lahzada Toshkent-GurShev-Donetsk-Minsk reysida parvoz qilayotgan TU-134 samolyoti Chelyabinsk-Kishinyov reysini bajarayotgan shu rusumdagi boshqa samolyot bilan to‘qnashib ketdi. Fojea erdan 8400 metr balandlikda yuz berdi va ikki samolyot bortida bo‘lgan 178 kishi halok bo‘ldi. Ular orasida o‘sha vaqtda o‘zbek futbolining faxri hisoblangan «Paxtakor»ning 17 nafardan iborat tarkibi ham bo‘lgan. Afsuski, dispetcherning xatosi ikki yuzga yaqin insonlarni bu hayotdan olib ketdi.
O‘sha kuni XarShkovdagi havo harakatlarini boshqarish markazida 6 nafar dispetcher navbatchilik qilayotgandi. Bo‘lim boshlig‘i Sergeev yosh Nikolay Jukovskiyni ish o‘rniga o‘tkazdi va unga rahbarlik qilib turishni Vladimir Sumskoyga topshirdi.

O‘sha kuni bu hududda ob-havo unchalik yaxshi emasdi. Osmonni bulutlar egallagan bo‘lib, ular 8-9 kilometr balandlikda ham qalin joylashgandi. 65735 bort raqamli Tu-134 samolyoti Moskva vaqti bilan soat 13:11da Donetskdan havoga ko‘tariladi. A.S.Komarov boshchiligidagi ekipaj a’zolari 77 yo‘lovchini manzillari tomon etkazib qo‘yishlari zarur edi. 12:53da Voronejdan uchgan boshqa bir Tu-134 esa 65816 bort raqamiga ega bo‘lib, unda A.A.Taranenko komandirlik qilayotgandi. Moldovaga tegishli samolyot salonida 88 nafar yo‘lovchi ro‘yxatga olingandi. Ulardan 16 nafari 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar bo‘lgan.

XarShkov havo harakatlarini boshqarish markazida rahbar Sergeev janubiy-g‘arbiy yo‘nalishga mas’ul etib katta tajribaga ega bo‘lmagan Jukovskiyni qo‘yib, uning harakatlarini nazorat qilishni esa birinchi klassli dispetcher Sumskoyga topshiradi. Biroq Jukovskiy hisobda adashib ketadi hamda ikki yo‘nalishdagi samolyot uchib o‘tish farqini 3 daqiqa deb belgilab oladi. Keyinroq u hisoblashda yana bir xatoga yo‘l qo‘yadi. Buni «Paxtakor» uchayotgan samolyot komandirining aloqaga chiqib aytgan so‘zlaridan payqagan Sumskoy boshqaruvni qo‘lga oladi hamda uchuvchilar bilan aloqaga o‘zi chiqishni boshlaydi. Biroq uning xatosi shunda bo‘lganki, u javobni qaysi samolyot komandiri aytganini so‘rab, tasdiqlatishni esdan chiqargan. Har ikki dispetcher buyruqni kim bajarganini so‘rashni yoki lokatorga qarab, samolyotlar qaysi yo‘nalishda harakat qilayotganini tekshirishni unutishgan.

Ikki laynerning 8400 metr balandlikdagi to‘nashuvi natijasida 178 nafar inson halok bo‘ldi. 9 oydan keyin bo‘lib o‘tgan sudda Jukovskiy va Sumskoy ustidan sud qarori e’lon qilindi. Ular umumiy rejimda 15 yildan ozodlikdan mahrum etildilar.

Tez fursat ichida Toshkentga boshqa jamoalardan futbolchilar chaqirilib, jamoa mavsumni davom ettirdi. Uch mavsum mobaynida jamoaga oliy ligadan tushib ketmaslik imkoniyati taqdim etildi. Lekin hayotdan ko‘z yumgan butun bir jamoa o‘rnini hech kim va hech narsa bosa olmasdi. O‘sha mash’um halokat tufayli ko‘p ming sonli ishqibozlar futboldan butunlay ko‘ngil uzishdi. Paxtakorchilarning oila a’zolariga qanchalik qiyin bo‘lganligini tasavvur qilish mushkul bo‘lmasa kerak. Navbatdagi uchrashuvlarga tashrif buyurgan muxlislar ko‘zlarida yosh bilan yangi jamoa ishtirokidagi o‘yinni kuzatib borishardi. Toshkentdagi navbatdagi bahs Tbilisining «Dinamo» jamoasiga qarshi o‘tgan. O‘sha kuni tarkib tanishtirilayotgan mahalda stadion suxandonining yig‘isiga stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar ham chidab turisholmagan va butun stadion ko‘z yosh to‘kkan.

"Paxtakor-79" jamoasi a’zolarini yodga olish, ularga hurmat keltirish bizning burchimizdir. Sizlarni hech qachon unutmaymiz! "Paxtakor-79" qalbimizda hamisha barhayot!

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar