Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

11.08.2016

Rio-2016. Boks. Fazliddin G‘oibnazarov olimpiadani g‘alaba bilan boshladi

Автор: BEK Комментариев: 1            Просмотров: 608
Rio-2016. Boks. Fazliddin G‘oibnazarov olimpiadani g‘alaba bilan boshladi

Rio-de-Janeyro olimpiadasida 64 kilo vazndagi bokschilar dastlabki saralash bahslariga kirishishdi. O‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov ortiqcha muammosiz nimchorak finalga yo‘l oldi.
Hamyurtimiz bugun kongolik Dival Malongoga qarshi ringga ko‘tarildi. Afrikalik bokschi asosan ring bo‘ylab qochib yurdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Hamyurtimiz raunddan raundga o‘z ustunligini oshirib bordi. Referi uch marta nokdaunni qayd etib, hisobni ochdi. Jang tugashiga bir necha soniya qolganida uchinchi nokdaundan keyin bahs yakunlandi. Texnik nokaut.

Fazliddin bahsni to‘la nazorat qildi, o‘ziga ishongan holda jang olib bordi. Bu bellashuv vatandoshimiz uchun mashg‘ulot vazifasini o‘tadi, desak ham bo‘ladi.

Bugun G‘oibnazarov xonadonida qizaloq dunyoga kelgan ekan. Farzand va g‘alaba bilan bokschimizni tabriklaymiz. Keyingi bosqichlarda ham unga g‘alabalar tilab qolamiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Комментарии пользователей

мен Бразилияда булаетган уйинларни куриб боряпман.Гоибназаров,тулаганов тожибоев каби боксчилар менга екди.


Добавить комментарий

avatar