Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.08.2016

O‘rozboevning otasi: "Farzandimning yutug‘i – xalqimizning yutug‘i"

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 93
O‘rozboevning otasi: "Farzandimning yutug‘i – xalqimizning yutug‘i"

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzyudochimiz Diyorbek O‘rozboev bronza medalni qo‘lga kiritib, mamlakatimiz yoshlari kuch va salohiyatda, iste’dod va mahoratda hech kimdan kam emasligini va hech qachon kam bo‘lmasligini yana bir bor isbotlab, xalqimiz, Prezidentimiz ishonchini oqladi.
Xorazm viloyatining Urganch shahrida tug‘ilib o‘sgan Diyorbek bolaligidan sportga havas qo‘ydi. Maktab davrida dzyudo to‘garagi mashg‘ulotlarida qatnashib, kichik turnirlarda muvaffaqiyat qozongach, ota-onasi uni Urganch olimpiya zaxiralari kollejiga etaklab keldi. Diyorbekning harakatlari, shijoati murabbiylarni befarq qoldirmadi. Mana, necha yildirki, Diyorbek murabbiyi Jamshid Xudoyberganov rahbarligida dzyudo bilan shug‘ullanib, mamlakatimiz va xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishib kelmoqda.
U XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, butun xalqimizga cheksiz g‘urur-iftixor tuyg‘ularini bag‘ishladi. Diyorbek o‘sib-ulg‘aygan xonadonda bugun bayramona kayfiyat hukmron. Bu oilaning yaqinlari, qarindosh-urug‘lari, mahalla-ko‘y, yoshu qari xonadon sohiblarining quvonchiga sherik bo‘lmoqda.
– O‘g‘lim Diyorbek sakkiz yoshida maktabdan bir kuni hayajon bilan keldi, – deydi otasi Baxtiyor Sharipov. – Qo‘shnimizning o‘g‘liga maktab direktori faxriy yorliq topshirganini ko‘rib, juda havasi kelibdi. Men ham sportga boraman, deb turib oldi. Shundan so‘ng uni sport to‘garagiga olib bordim. Shu-shu sport uning doimiy hamrohiga aylandi. Prezidentimiz rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli o‘g‘lim kabi sportchi yoshlar safi kengaymoqda. Ular jahon sport arenalarida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yuksak g‘alabalarga erishayotganidan faxrlanamiz. Farzandlarimizning yutug‘i – butun xalqimizning, Vatanimizning yutug‘idir!
Diyorbek O‘rozboev O‘zbekiston sport delegatsiyasi hisobiga ilk medalni keltirdi. Vazni 60 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar bahsida avstraliyalik Joshua Katts, shveytsariyalik Lyudovik Chammartin, braziliyalik Felipe Kitadai va gruziyalik Amiran Papinashvilini engib, bronza medalga sazovor bo‘ldi.
– O‘g‘lim dunyoning eng mohir sportchilari bilan kurashayotgan paytda juda hayajonlandim, – deydi Diyorbekning onasi Norgul Avazova. – Axir barcha mahalladoshlar biznikida yig‘ilib tomosha qilayotgan edik-da. Uning shohsupaga ko‘tarilayotganini ko‘rib, o‘zimni tutib turolmadim, yig‘lab yubordim. Bir men emas, ko‘pchilik yig‘ladi, quvonchdan, xursandlikdan yig‘ladi. Farzandlarimizning har tomonlama sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga etishi, iste’dod va salohiyatini namoyon etishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratib berayotgan, ularni doim qo‘llab-quvvatlab, ortingizda O‘zbekiston degan buyuk Vatan turibdi, biz hech kimdan kam emasmiz va hech qachon kam bo‘lmaymiz, sizlarga xalqingiz ishonadi, men ishonaman, deb yuksak g‘alabalar sari ruhlantirayotgan, doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgan Prezidentimizdan minnatdormiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar