Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.08.2016

“Pahlavon”lik Rishod polvon

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 87
“Pahlavon”lik Rishod polvon

Braziliya poytaxti Rio-de-Janeyroga yo‘l olgan mamlakatimiz olimpiyachilari safida bo‘lgan Rishod Sobirovni kuzatish uchun aeroportga uning ota-onasi Rashid aka va Gulnora opa ham chiqdi.

Ota duoga qo‘l ochdi:
– Ilohim, Vatanimiz sportchilari qatori senga ham Olloh madadkor bo‘lsin! Yurtimiz obro‘siga obro‘ qo‘shinglar. Kurashga tushganda butun xalqimizning nigohi sizlarda ekanini unutmanglar!
XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining dzyudo bo‘yicha vazni 66 kilogrammgacha polvonlar bellashuvida ikki karra jahon chempioni, Pekin va London Olimpiadalari sovrindori Rishod Sobirov delegatsiyamiz hisobiga bronza medalni keltirdi. U keskin va murosasiz bahslarda belaruslik Dmitriy Shershan, arubalik Jeym Mata, Dominikan Respublikasidan Uander Mateo va sloveniyalik Adrian Gombotsni mag‘lubiyatga uchratdi.
– Oila a’zolarimiz bilan televizor qarshisida jamuljam bo‘ldik, – deydi Rashid aka Sobirov. – Kurash boshlandi. Hayajonlanganimizni ko‘rsangiz edi. Go‘yo Braziliyadagi kurash saroyidamizu murabbiydek maslahat beramiz. “Bo‘sh kelma, o‘g‘lim!”, deyman yuragim hapqirib. “Bo‘ylaringdan aylanay, Rishodim, yoningdaman, senga ishonamiz!”, deydi onasi. Sizga ayolimning sportga ishqibozligini aytmabman. Aslida u Rishodning kurashga qiziqishini quvvatlagan. Chalg‘idim-a. Kechirasiz. Rishod o‘g‘lim zo‘r olishdi. Bir payt bolam Adrianni parter holatiga tushirib, chirmab oldi-yov! Raqib og‘riqli usulga dosh berolmay,mag‘lubiyatini tan oldi. Qarasam, hammamizning ko‘zimizda yosh. Siz ham bizday quvongandirsiz-a?!
– Balki ishonmassiz, tungi soat ikkidan keyin butun mahalla qutlagani uyimizga kela boshladi, – deydi onasi Gulnora Rahmatova. – Hammalari televizor orqali Rishodimning kurashini ko‘rishganini aytishdi. Birovi aytib qoldi: Ustoz (opa maktabda o‘qituvchi), g‘alaba muborak! Rishod dunyoning narigi chetida, ne-ne mamlakatlardan jam bo‘lgan polvonlarni engib, yurtimiz sha’nini munosib himoya qildi. Prezidentimiz ishonchini oqladi. O‘g‘lingiz butun O‘zbekistonning faxri!
Rishod Sobirov Buxoro viloyatining Jondor tumani Bo‘ribog‘i qishlog‘ida tug‘ilgan. Bo‘ribog‘ining keksa otaxoni, 82 yoshli Norpolvon boboning aytishicha, polvonlik Rishodning naslida bor. Bobosi Hazratqul bobo o‘tgan asrning 20-30-yillarida dovrug‘li kurashchi bo‘lgan.
O‘zbekiston zamini iste’dodlarga hamisha boy bo‘lgan. Gap ularni yuzaga chiqarish uchun zarur sharoit yaratish, qo‘llab-quvvatlashda. Mustaqillik yillarida barcha sohalar kabi sportni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Prezidentimiz rahnamoligida olis qishloqlarda ham muhtasham sport inshootlari qad rostladi, barcha zamonaviy sharoit yaratildi.
Olot tumanidagi 7-olimpiya sport maktab-internati 1995 yilda tashkil etilgan. Qisqa vaqtda bu erdan dunyoga mashhur o‘nlab sportchilar etishib chiqdi. Rishod shu maktab-internatda o‘n ikki yoshidan boshlab ta’lim oldi, kurash va dzyudo bilan muntazam shug‘ullandi. Musobaqalarda muvaffaqiyatli qatnashib, tilga tushdi.
– Rishod o‘ziga xos texnikaga ega, – deydi Olot tumanidagi 7-olimpiya sport maktab-internati direktori Rustam To‘raev. – Irodasi kuchli. Avvalo, murabbiy topshirig‘iga ijodiy yondashadi, istaganingizdan ham ziyoda bajaradi. Raqib bilan bellashayotganda gavdasini tik tutadi, hech qachon egilmaydi. Raqibini qaysi qo‘lda yoqasi va engidan ushlab, muvozanatdan chiqarish usulini qoyilmaqom o‘zlashtirgan. Uning Olimpiadada bronza medali uchun o‘tish bosqichida dominikanlik sportchiga qarshi kurashiga e’tibor bergandirsiz. Dastlab, raqibini o‘rgandi, xotirjam harakat qildi. Buni faolsizlikka yo‘ygan hakam uni ikki bor ogohlantirdi. Ba’zilar bunday holatda asabiylashib, umidsizlikka tushadi. Rishod ulardan tubdan farq qiladi, oxirigacha kurashadi. Dominikanlik raqibining holati, o‘z kuchiga ortiqcha baho berib, hushyorlikni boy berganini ilg‘ab, ayni shu fursatda chiroyli usul qo‘llab, raqibini beli osha gilamga uloqtirdi.
Rishod maktab-internatni tugatgach, Buxoro davlat universitetida ta’lim oldi. Taniqli murabbiy Furqat Soliev rahbarligida mahoratini oshirdi, yirik xalqaro musobaqalarda sovrindor, g‘olib bo‘ldi. Keyingi sakkiz yillik faoliyati poytaxt bilan bog‘landi. Yangi-yangi nomlar maydonga chiqa boshlagan va kuchli raqobat muhitida terma jamoa safidan mustahkam joy olib turibdi. Ikki karra jahon chempionligiga erishdi, Pekin va London Olimpiadalarida sovrindor bo‘ldi. Mana, endi Braziliyada uchinchi bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu aytishga oson. Uch Olimpiadada dzyudochilar bahsida medalga sazovor bo‘lgan dunyodagi beshinchi sportchi sifatida e’tirof etildi.
Suhbat asnosida Rashid akadan farzandi Rishod bilan qo‘ng‘iroqlashgani haqida so‘radik. Polvonning otasi hech narsa demadi va uyali telefonidan Rishodning yozib olingan so‘zlarini eshittirdi:
– Yaratganga shukr, Prezidentimiz ishonchini oqladim. Otajon, onajon, sizlarning duolaringiz meni qo‘lladi. Qo‘lga kiritgan yutug‘im mustaqilligimizning 25 yillik bayramiga sizlarning ham sovg‘angiz bo‘ladi.
Xalqimizning qadriyatlari ko‘p. Polvonlik istiqlol tufayli qayta tiklangan, qadr topgan qadriyatdir. Elni sharaflarga burkagan polvonni xalq ham e’zozlaydi.
– Qishlog‘imizda juda ko‘p taniqli kurashchilar o‘tgan, – deydi Bo‘ribog‘i qishlog‘i joylashgan “Pahlavon” shaharcha fuqarolar yig‘ini raisi Shuhrat Jo‘raqulov. – Ildizlar mustahkam ekan. Rishod polvonday sportchimiz bor. Unga havas qilib, yuzlab yoshlar sport bilan shug‘ullanmoqda. Ulardan ham umidimiz katta. Gali keldi, bir gap aytsam. Yig‘inimiz tashkil topganiga ikki yildan sal oshdi. Unga nom berishda ancha takliflar bo‘ldi. Lekin ko‘pchilik “Pahlavon” nomini ma’qulladi. Bugun qaerga bormaylik, faxr bilan “Biz Rishod polvon voyaga etgan “Pahlavon”danmiz!” deymiz. Ha, go‘zal O‘zbekistonning “Pahlavon”idanmiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar