Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

10.08.2016

Rio-2016. 9 avgust. O‘zbekistonliklar uchun boks va dzyudo kuni

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 401
Rio-2016. 9 avgust. O‘zbekistonliklar uchun boks va dzyudo kuni

Olimpiadaning beshinchi kunida bir qator sport turlarida bahslari o‘tkaziladi. Bugun 20ta medallar komplekti o‘z egalarini topadi. O‘zbekistonlik 6 nafar sportchilar akademik eshkak eshish, boks va dzyudo turlarida ishtirok etishadi.
Akademik eshkak eshish, erkaklar, 2000 metr.
O‘zbekistonlik sportchi Shahboz Xolmurzaev akademik eshkak eshish bo‘yicha 2000 metr masofaga o‘tkaziladigan "C/D yarim final" musobaqasida qatnashadi. Hamyurtimiz 13-24-o‘rinlar uchun bahslarda ishtirok etadi. Boshlanish vaqti — 16:30.

Dzyudo
Erkaklar, 90 kg.
Dzyudo bahslari yakuniga etishiga 3 kun qoldi. Bugun erkaklar 90 kg, ayollar 70 kg. vaznda ishtirok etishadi. E’tiborlisi, har ikki vazda hamyurtlarimiz ishtirok etishadi. Sherali Jo‘raev dastlabki bosqichda jazoirlik Abdurahmon Benamadiy bilan bellashadi. Hamyurtimiz keyingi bosqichga chiqsa, 1/16 finalda shvetsiyalik Markus Nimanga qarshi tatamiga chiqadi.

Ayollar, 70 kg.
Gulnoza Matniyozova esa dastlabki saralash bosqichida polShshalik Katarzina Klis bilan bahslashadi. Ushbu juftlik g‘olibini nimchorak finalda Mariya Bernabeu (Ispaniya) kutib turibdi. Dzyudo bahslari 18:00da start oladi.
Boks, erkaklar
91 kg.
Rustam To‘laganov chorak final jangini o‘tkazadi. Hamyurtimiz ozarboyjonlik Abdulqodir Abdullaev raqiblik qiladi. Ushbu jangdagi g‘alaba To‘laganovga medallarni kafolatlaydi. Boshlanish vaqti — 21:45.

49 kg.
Eng engil vaznda Hasanboy Do‘smatov ham chorak final jangini o‘tkazadi. U o‘zining asosiy raqibi — qozog‘istonlik Birjan Jakipovga qarshi ringga ko‘tariladi. Hamyurtimiz g‘alaba qozonsa, olimpiada medallaridan birini o‘zi uchun naqd qiladi. Boshlanish vaqti — 01:00.

64 kg.
Ushbu vaznda Fazliddin G‘oibnazarov o‘zining ilk jangini o‘tkazadi. Unga ilk saralash bosqichida kongolik Dival Malongo raqiblik qiladi. Fazliddin g‘alaba qozonsa, nimchorak finalda Manoj Kumar (Hindiston) / Evaldes Petrauskas (Litva) juftligi g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi. Boshlanish vaqti — 02:15.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar