Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.08.2016

Rio-2016. 9 avgust yakunlari. Tojiboev chorak finalga chiqdi, qolganlar esa...

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 156
Rio-2016. 9 avgust yakunlari. Tojiboev chorak finalga chiqdi, qolganlar esa...

Rio-de-Janeyro mezbonlik qilayotgan olimpiadaning to‘rtinchi kunida o‘zbekistonlik atletlar sportning akademik eshkak eshish, dzyudo, boks va og‘ir atletika yo‘nalishlarida ishtirok etishdi. Ularning ishtirokiga to‘xtalib o‘tamiz.

Rio-2016. Akademik eshkak eshish.
O‘zbekistonlik sportchi Shahboz Xolmurzaev akademik eshkak eshish bo‘yicha chorak final bosqichida ishtirok etdi. 2000 metr masofaga o‘tkazilgan bahsda hamyurtimiz o‘z guruhida 7:09.99 natija bilan finishga so‘nggi sho‘rinda etib keldi. Shu tariqa, yurtdoshimiz medallar uchun kurashish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Endi u C/D yarim final deb nomlangan bahslarda ishtirok etadi. Unda sportchilar 13-24-o‘rinlar uchun musobaqalashishadi.
Og‘ir atletika, erkaklar, 69 kg.
Og‘ir atletika bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchi Doston Yoqubov "V" guruhida o‘z urinishlarini bajardi. Yoqubov dast ko‘tarish yo‘nalishida 137 kg, siltab ko‘tarishda esa 176 kg. toshni ko‘tardi. Yakunda hamyurtimiz 313 kg (137+176) natija bilan 6-o‘rinni band etdi.
Dzyudo, erkaklar, 81 kg.
Dzyudoning 81 kg.gacha bo‘lgan vaznda Shahzodbek Sobirov bahslarni yaxshi boshladiyu, ammo nimchorak finalda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Hamyurtimiz dastlab Fiji orollaridan tashrif buyurgan Josateki Nauluni "ippon" bahosi bilan mag‘lub etdi. Ikkinchi bosqichda hamyurtimizga AQShlik Traves Stivens raqiblik qildi. Amerikalik dzyudochi dastlab "yuko"ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, oradan biroz o‘tib raqib sportchisi Sobirovni ushlash holatiga tushirdi. Stivens 20 soniya ushlab turdi va "ippon"ni rasmiylashtirdi.
Rio-2016. Boks. 60 kg.
O‘zbekistonlik bokschi Xurshid Tojiboev Rio-2016 olimpiadasidagi o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazdi. Buyuk britaniyalik Jozef Kordinaga qarshi jangda hamyurtimiz o‘zini o‘zi qiyin ahvolga solib qo‘ydi. Ikkinchi raundda Xurshid ikki marta raqibning belidan pastiga zarba berib yubordi. Natijada referi undan bir ballni olib tashladi. Tojiboev uchinchi raundda ham ustunlika ega bo‘ldi. Yakuniy natija — 2:0 (28:28, 29:27, 29:27).

Chorak finalda Xurshid Tojiboevga braziliyalik Robson Konseysao raqiblik qiladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar