Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.08.2016

CAFA CUP–2016. O‘zbekiston-1 finalda Qirg‘izistonni mag‘lubiyatga uchratdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 50
CAFA CUP–2016. O‘zbekiston-1 finalda Qirg‘izistonni mag‘lubiyatga uchratdi

Toshkent mezbonlik qilgan 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiasi Kubogi — CAFA CUP–2016 o‘z nihoyasiga etdi. Final bahsida O‘zbekiston-1 jamoasi Qirg‘iziston bilan bahs olib bordi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda katta ustunlikka ega bo‘lgan Jasur Abduraimov boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 29 daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Burchakdan uzatilgan to‘pni Islombek Qobilov boshi bilan raqib darvozasiga kiritdi – 1:0.

Uchrashuvning 31 daqiqasidan boshlab O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bir kishi kam bo‘lib harakat qildi. Sharof Muhitdinov raqibiga nisbatan qo‘pol o‘ynagani uchun hakam tomonidan chetlatildi.

Ikkinchi bo‘limda har ikki jamoa bir qator imkoniyatlarga ega bo‘ldi, ammo o‘yin yakuniga qadar 1:0 hisobi o‘zgarmadi.

Shu tariqa, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi ilk marotaba tashkil etilgan CAFA CUP–2016 turnirining bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

CAFA CUP–2016. Final

O‘zbekiston U-19 – Qirg‘iziston U-19 – 1:0

Gol: Islombek Qobilov 29,

Ogohlantirishlar: Suiuntbek Mamaraliev, Janboto Yaysbek

Chetlatish: Sharof Muhitdinov 31

O‘zbekiston U-19: Umid Hamroev, Islom Qobilov, Xojiakbar Alijonov, Xushnud Avilov, Aziz G‘aniev, Saidjamol Davlatjanov, Sharof Muhitdinov, Oybek Rustamov, Doston Ibragimov, Bekzod G‘anijonov, Nurullo To‘xtasinov.

Zaxira: Sobit Sindorov, Jasur Yaxshiboev, Suhrob Nuruloev, Bobir Abduholiqov, Sanjar Qodirqulov, Husniddin G‘ofurov, Shohrux Raimov.

Qirg‘iziston U-19: Arstan Kudayberdiev, Nurtai Kurmantai, Danislam Zagidulin, Georgiy Slavniy, Aizar Akmatov, Janboto Yaysbek, Suiuntbek Mamaraliev, Azat Smatov, Aydar Mambetaliev, Kadirbek
Shaarbekov, Viktor Kelm.

Zaxira: Kutman Kadirbekov, Kubanyorbek Kurenkeev, Abdurasul Axmetov, Almaz Smatov, Nurbolat Irisbekov, Vadim Ni, Emir Jetibaev

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar