Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.08.2016

“Bunyodkor” – “So‘g‘diyona”. VideoprevShyu

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 70
“Bunyodkor” – “So‘g‘diyona”. VideoprevShyu

9 avgust, seshanba kuni Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi oliy liga 17-turi doirasida Jizzaxning “So‘g‘diyona” klubini qabul qiladi.

Ushbu uchrashuv jamoalarning o‘zaro hisobdagi o‘n to‘rtinchi to‘qnashuvi sifatida tarixda qoladi. Bungacha o‘tkazilgan o‘yinlarning o‘n bittasida “qaldirg‘ochlar” g‘olib chiqishgan bo‘lsa, jizzaxliklar hisobida bitta g‘alaba bor. To‘plar farqi – 36:3(!).

O‘zaro o‘yinlar to‘purarlari haqida gap ketganda Server Jeparov, Rivaldo va Oleksandr Pishurni eslab o‘tish darkor. Bu ikki futbolchi jizzaxliklar darvozasiga to‘rttadan gol yo‘llashgan. E’tiborlisi, Rivaldoning to‘rt goli bir o‘yinga to‘g‘ri keladi. Yana ham ahamiyatlisi braziliyalik futbol afsungari o‘z pokerini 17 daqiqa ichida nishonlagan.

Yana bir qiziq jihat. “So‘g‘diyona” vakillari hozircha Toshkentdagi bahslarda biron marotaba ham “qaldirg‘ochlar” darvozasiga gol ura olishmagan.

Sariq kartochkalari soni to‘rttaga etganligi bois bugungi uchrashuvda “Bunyodkor”dan Dostonbek Hamdamov, “So‘g‘diyona”dan Murod Xolmuhammedov maydonga tusha olishmaydi.

Quyida “Bunyodkor” – “So‘g‘diyona” uchrashuvlarining toshkentliklar mezbonligida o‘tgan uchrashuvlari qaydnomalaridan ko‘chirmalar va kiritilgan gollar bilan tanishishingiz mumkin.

BUNYoDKOR – SO‘G‘DIYoNA 2:0 (1:0)
25.08.2008. 18-tur. Toshkent. MHSK stadioni. 5873 tomoshabin
Bosh hakam: Abduxamidullo Rasulov (Toshkent) – 9,2
Gollar: VilShyanueva, 31 (1:0), Jeparov 82 (2:0)

BUNYoDKOR – SO‘G‘DIYoNA 5:0 (0:0)
29.06.2009. 15-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 5416 tomoshabin
Bosh hakam: Valentin Kovalenko (Toshkent) – 9,6
Gollar: Rivaldo 54 (1:0), Rivaldo 61 (2:0), Rivaldo 65 (3:0), Rivaldo 71 (4:0), Jeparov 90+3 (5:0)

BUNYoDKOR – SO‘G‘DIYoNA 1:0 (1:0)
06.08.2011. 15-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 3060 tomoshabin
Bosh hakam: Rustam Bobomurodov (Navoiy) – 8,4
Gol: Trifunovich 24 (1:0)

BUNYoDKOR – SO‘G‘DIYoNA 5:0 (3:0)
04.03.2013. 1-tur. Toshkent. “Jar” stadioni. 764 tomoshabin
Bosh hakam: Baxtiyor Namozov (Toshkent)
Gollar: Oleksandr Pishur 13 penalShti (1:0), Oleksandr Pishur 28 penalShti (2:0), Lutfulla To‘raev 32 (3:0), Oleksandr Pishur 71 (4:0), Kamoliddin Murzoev 86 (5:0)

BUNYoDKOR – SO‘G‘DIYoNA 1:0 (0:0)
18.10.2014. 23-tur. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 2687 tomoshabin
Bosh hakam: Sherzod Qosimov (Toshkent)
Gol: Vohid Shodiev 10

BUNYoDKOR – SO‘G‘DIYoNA 2:0 (1:0)
24.09.2015. 23-tur. Toshkent. “Bunyodkor” stadioni. 712 tomoshabin
Bosh hakam: Aziz Asimov (Toshkent) – 7,2
Gollar: Shaker Zuagi 37 penalShti (1:0), Eldor Shomurodov 56 (2:0)

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar