Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.08.2016

Namanganlik futbolchi qizlar mintaqa g‘olibi bo‘ldi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 169
Namanganlik futbolchi qizlar mintaqa g‘olibi bo‘ldi

Namanganda “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” shiori ostida futbol bo‘yicha qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Yashil maydon malikalari” musobaqasining mintaqaviy bosqichida Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlari jamoalari g‘oliblik uchun bahslashdi.
Vatanimiz mustaqilligining yigirma besh yilligiga bag‘ishlab O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda xotin-qizlar, xususan, ona va bola salomatligini muhofaza qilishda sport va sog‘lom turmush tarzi tamoyillaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
– Prezidentimizning 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqa xotin-qizlarni sportga jalb etish va ularning sog‘lom bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etmoqda, – deydi Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari, viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi H.Yusupova. – Bu kabi sport tadbirlari oilalarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, xotin-qizlar va bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlashning samarali vositasi sifatida jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladi.
G‘oliblikni qo‘lga kiritgan Namangan viloyati jamoasi musobaqaning Navoiy shahrida o‘tkaziladigan mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar