Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.08.2016

Rio-2016. Bokschilarimiz ham zafarli odimlashda davom etishyapti

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 299
Rio-2016. Bokschilarimiz ham zafarli odimlashda davom etishyapti

Olimpiya o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun o‘tkazilgan litsenzion musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, to‘liq tarkib bilan Rioga etib kelgan boks bo‘yicha erkaklar terma jamoamiz sport olamining eng yirik musobaqasida ham zafarli odimlashda davom etishmoqda.
Jumladan, eng engil vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Hasanboy Do‘smatov (-49 kg) meksikalik Jozelito Velazuezga qarshi kechgan jangda raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va hakamlar ushbu jangda bir ovozdan Hasanboyni g‘alaba qozonganligini e’tirof etishdi. Endi Hasanboy 10 avgust kuni o‘tkaziladigan chorak finalda qozog‘istonlik Birjan Jakipovga qarshi bahs yuritadi. Agar ushbu jangda Hasanboyning qo‘li baland kelsa, Olimpiya o‘yinlarining kamida bronza medalini naqd qilib qo‘yadi. Bu yo‘lda hamyurtimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.
Bugun ringga ko‘tarilgan yana bir yurtdoshimiz Rustam To‘laganov(-91 kg) ham ekvadorlik Julio Cezar Castillo bilan kechgan jangda to‘liq ustunlikka erishdi va 3:0 hisobida zafar quchib, chorak finalga chiqdi. Tajribali bokschimiz 10 avgust kuni yarim final yo‘llanmasi uchun kechadigan jangda ozarbayjonlik Abduqodir Abdullaev bilan kuch sinashadi. Rustam To‘laganovga navbatdagi bahsda ham g‘alaba yor bo‘lishlishgini tilab qolamiz.
9 avgust kuni charm qo‘lqop ustalarimizdan Xurshid Tojiboev (-60 kg) ringga chiqadi. Dastlabki bosqichda qatarlik bokschini mag‘lub etgan Xurshidbek endilikda chorak final yo‘llanmasi uchun britaniyalik Jozef Kordina bilan bahs yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, bugunga qadar bo‘lib o‘tgan janglarda ringga ko‘tarilgan to‘rt nafar bokschimizdan barchasi g‘alaba qozonib, navbatdagi bosqichga chiqdilar. Kelgusi bahslarda ham o‘z oldiga doimo yuqori maqsadlarni qo‘yadigan charm qo‘lqop ustalarimizga faqat va faqat omad tilab qolamiz. Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar