Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.08.2016

“Nasaf” navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 70
“Nasaf” navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi

O‘zPFL 17-tur doirasidagi “Nasaf”-“Olmaliq” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv juda qiziqarli va kurashlarga boy tarzda o‘tdi. Kutilganidek uchrashuvga start berilgandan jamoamiz hujumlar uyushtirib, tezkor gol kiritish payida bo‘lishdi. Ammo mehmonlarning himoyachilari yaxshi harakat qilishib, bunga yo‘l qo‘yishmadi.

Jamoamiz tomonidan eng xavfli vaziyatlardan biri uchrashuvning 16-daqiqasida sodir etildi. Bunda Dragan Cheranning darvozaga chamasi 20-metrlardan bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib, maydonni tark etdi.

Uchrashuvdagi hisob o‘yinning 30-daqiqasida ochildi. Bu vaziyatda to‘pni qaytaraman deb, himoyachimiz Sherzod A’zamov o‘z darvozamizni ishg‘ol qilib qo‘ydi – 1:0.

Oradan bir daqiqa o‘tib, jamoamiz tomonidan tashkil etilgan tezkor hujum gol bilan yakunlandi. Bu vaziyatda maydonning chap qanotidan jarima maydoniga yaqinlashib borgan Farruh Sayfiev to‘pni havolatib, jarima maydoniga uzatib berdi. Azamat Allaniyozov esa hammadan baland sakrab, boshi bilan darvozaga aniq zarba berdi – 1:1.

Uchrashuv birinchi bo‘limi ana shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim ham kutilganidek jamoamiz hujumlari bilan boshlandi. “Olmaliq” jamoasi futbolchilari ikkinchi bo‘lim boshida himoyalanishgan bo‘lishsa, keyingi daqiqalarda ular ham qarshi hujumlar uyushtirib, hisobni tenglashtirishga harakat qilishdi.

Jamoamizning ikkinchi goli uchrashuvning 58-daqiqasida Islom Rashidxonov tomonidan kiritildi – 2:1. O‘ng qanotdan tashkil etilgan hujumda Rashidxonov jarima maydoni ichida darvozaga aniq zarba yo‘lladi, bu vaziyatda darvozadan uzoqlashib ketgan Umid Xonimqulov to‘pni qaytarishga ojizlik qildi.

Keyingi daqiqalrda ham jamoamiz tomonidan ko‘plab xavfli vaziyatlar yuzaga keltirildi. Ayrim vaziyatlarda o‘yinchilarimizda darvozani nishonga olishda aniqlik etishmagan bo‘lsa, boshqa vaziyatlarda “Olmaliq” jamoasi futbolchilari yaxshi himoyalanishdi.

Shunday qilib, qiyin kechgan uchrashuvda jamoamiz g‘alaba qozondi va muhim uch ochkoni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

“Nasaf” navbatdagi 18-tur uchrashuvini 12 avgust kuni safarda “Obod jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

O‘zPFL, 17-tur. 08.08.2016.

“Nasaf” (Qarshi) – “Olmaliq” (Olmaliq) 2:1 (1:1). 5156 tomoshabin
“Markaziy” stadion. Soat 20:00da

Bosh hakam: Olim Tolibjonov (Toshkent)-8,6

Qanot hakamlari: RavilSh Shoyaxmetov (Toshkent)-8,7, Server Eremeev (Toshkent)-8,5

Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)-9,0.

Nazoratchi: Alisher Abdullaev (Toshkent).

Gollar: Azamat Allaniyozov (31), Islom Rashidxonov (58) - Sherzod A’zamov (30 avtogol)

“Nasaf”: 25.Eldor Suyunov, 23.Sherzod A’zamov (s), 22.IgorSh Golban, 7.Shuhrat Muhammadiev (27.Islom Rashidxonov 42), 31.Saydullo Rahmatov, 28.Fozil Musaev, 18.Bahrom Abdurahimov, 34.Farruh Sayfiev, 21.Azamat Allaniyozov (38.Doniyor Narzullaev 90), 24.Ognen Krasich, 69.Dragan Cheran.

Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 4.Maqsud Karimov, 5.IlShdar Mamatkazin, 33.Odil Hamrobekov, 15.Shaxboz Erkinov.

“Olmaliq”: 16.Umid Xonimqulov, 3.Saidkomil Akbarov, 4.Abduqahhor Xojiakbarov, 5.Evgeniy GogolSh, 9.Muydin Mamazulumov, 11.Zohir Primov, 25.Doston Abdurahmonov (14.Doniyor Ismoilov 32, 21.Doniyor Usmonov 38), 28.Murod Rajabov (77.Diyor Turopov 25), 33.Oybek Nurboev, 94.Xurshid Muxtorov, 99.Shoxnazar Norbekov.

Zaxira: 12.Roman Abdulov, 6.Rahmatillo Berdimurodov, 17.Muhammad Isaev, 23.Timur Usmonov.

Ogohlantirish: Eldorbek Suyunov 86, Ognen Krasich 86, Dragan Cheran 70 - Shoxnazar Norbekov 22, evgeniy GogolSh 86, Xurshid Muxtorov.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar