Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.08.2016

Ro‘ziqul Berdiev: «Qiyin va asabiy o‘yinda g‘alabaga erishdik»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 87
Ro‘ziqul Berdiev: «Qiyin va asabiy o‘yinda g‘alabaga erishdik»

Matbuot anjumanining navbatdagi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Ro‘ziqul Sa’dullaevich ishtirok etdi va o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Bugungi asabiy va qiyin o‘yinda g‘alabaga erishdik va uch ochkoni qo‘lga kiritdik. O‘yinni qiyin va asabiy deyishimga sabab, biz “Olmaliq” jamoasini beshta himoyachi bilan maydonda harakat qilishini kutmagan edik. Bu - biz kutmagan yangilik bo‘ldi. Shu tufayli birinchi bo‘limda ko‘p vaziyatlar yarata olmadik. Darvozamizdan gol o‘tkazib yuborgan paytda himoyachilarimiz tartibsiz harakat qilishdi. Buning evaziga darvozamizdan to‘p olib chiqdik. Ammo tezda gol urganimiz o‘yinimizni engillashtirdi.

Birinchi gol o‘tkazib yuborib, g‘alabaga erishish bu – iroda talab qiladigan holat. Bu yaxshi holat deb, o‘ylayman. Bunda jamoaning qanchalik xarakterga ega ekanligini ham ko‘rsatadi. Legionerlarimiz o‘yiniga baho beradigan bo‘lsam, avval ham ta’kidlagan edim, bular hali to‘liq o‘yinga tayyor emas. Ular o‘z ustida ishlashda davom etishayapti. Shuning uchun ularning o‘yini bir xil chiqayotgani yo‘q. Masalan, Krasich o‘tgan “Sho‘rtan” jamoasiga qarshi uchrashuvda yaxshi o‘ynadi, afsuski bugun u kutilgan o‘yinni ko‘rsata olmadi. Bizda endi raqobat bor, keyingi o‘yinlarda kim ko‘proq tayyor bo‘lsa, maydonga tushiramiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar