Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

09.08.2016

Rio-2016, 8 avgust yakunlari. Ikki bokschimiz chorak finalga chiqdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 85
Rio-2016, 8 avgust yakunlari. Ikki bokschimiz chorak finalga chiqdi

Olimpiadaning uchinchi kunida 6 nafar o‘zbekistonlik sportchilar bahslarda ishtirok etdi.
Rio-2016. O‘q otish.
Pnevmatiq miltiqdan o‘q otish bo‘yicha Vadim Skorovarov saralash bahslarida ishtirok etdi. Hamyurtimiz 620.9 ball bilan 28-o‘rinni band etdi. Finalga faqat 8 nafar sportchi yo‘l olishini inobatga olsak, Vadim Rio-2016dagi o‘z ishtirokini yakunladi.
Akademik eshkak eshish, erkaklar, yakkalik, 2000 metr.
Rio-2016da sportning akademik eshkak eshish turida ishtirok etayotgan Shahboz Xolmurzaev chorak final bosqichiga chiqisha muvaffaq bo‘ldi. 2000 metr masofaga qo‘shimcha o‘tkazilgan saralash bosqichida ishtirok etgan hamyurtimiz finishga ikkinchi bo‘lib etib keldi. Shahboz 2000 metr masofani 7:14.58 daqiqa ichida bosib o‘tdi va chorak finalga yo‘llanma oldi. Chorak final bosqichi ertaga bo‘lib o‘tadi.
Rio-2016. Dzyudo. 73 kg.
Dastlabki ikki kunda ikkita bronzani bizga taqdim etgan dzyudo, bu safar bizni ancha erta umiddan mosuvo qildi. 73 kg. vazn toifasida musobaqani boshlagan sportchimiz Mirali Sharipov dastlabki saralash bosqichidayoq imkoniyatni boy berdi. Evropa chempioni hisoblangan gollandiyalik Deks Elmont hamyurtimizni "vazari" bahosi bilan mag‘lub etdi.
Rio-2016. 49 kg va 91 kg.
Boks bo‘yicha 91 kg.gacha bo‘lgan vaznda Rio-de-Janeyro olimpiadasida ishtirok etayotgan Rustam To‘laganov o‘zining dastlabki bahsida g‘alaba qozondi. Vatandoshimizga ekvadorlik Xulio Sezar KastilShoga raqiblik qildi. Bu bokschiga qarshi jang Rustam uchun oson kechmadi. Birinchi va ikkinchi raundlarda hakamlarning barchasi ustunlikni o‘zbek bokschisiga bergan bo‘lsa, so‘nggi raundda bir hakam ekvadorlik sportchining ustunligini e’tirof etdi. Hakamlarning ballari — 3:0 (29:28, 30:27, 30:27). To‘laganov chorak finalda Abdulqodir Abdullaev (Ozarboyjon)ga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu vaznda chorak final bahslari 10 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Eng engil vazn toifada Rio-2016 olimpiadasida ishtirok etayotgan bokschimiz Hasanboy Do‘smatov o‘zining ilk jangida g‘alaba qozondi va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik sportchi nimchorak finalda meksikalik Xoselito Velazkesga qarshi ringga ko‘tarildi. Birinchi va ikkinchi raundlarda hakamlar Hasanboyning ustunligini qayd etishgan bo‘lsa, uchinchi raundda Velazkesning faolligi e’tirof etildi. Yakuniy natija — 3:0 (29:28, 29:28, 29:28). Hamyurtimiz chorak finalda qozog‘istonlik Birjan Jakipovga qarshi jang olib boradi.
Rio-2016. Suzish, 200 metrga kompleks
O‘zbekistonlik suzuvchi Ra’noxon Amonova Rio-2016da ikkinchi yo‘nalishda o‘z omadini sinab ko‘rdi. Sportchimiz 200 metrga kompleks usulda suzish bo‘yicha saralash bellashuvlarida qatnashdi. U o‘z guruhida finishga ettinchi bo‘lib etib keldi. Uning natijasi yarim finalga chiqish uchun etarli bo‘lmadi.

Avvalroq Amonova 400 metr masofaga kompleks uslubda suzish bahslarida ishtirok etib, saralashdan keyingi bosqichga o‘ta olmagandi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar