Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.08.2016

Chempionlar va iqtidorlar zaminisan – O‘zbekiston

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 61
Chempionlar va iqtidorlar zaminisan – O‘zbekiston

Kecha vazni 66 kilogramgacha bo‘lgan dzyudochilar bellashuvida Rishod Sobirov bronza medalani qo‘lga kiritib delegatsiyamiz hisobiga ikkinchi medalni taqdim etgani xaqida habar bergandik. O‘z navbatida ushbu sovrin Rishod uchun Olimpiya o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan uchinchi medalSh bo‘ldi.
Chempionlar va iqtidorlar zaminisan – O‘zbekiston

Bir oydan so‘ng 30 yoshni qarshilaydigan xamyurtimiz bunga qadar 2008-yili Pekin hamda 2012-yili Londondagi Olimpiya o‘yinlarida ham delegatsiyamiz hisobiga bronza medallarini qo‘shib qo‘ygandi. Ana shu tariqa Rishod Olimpiya o‘yinlarining uchta medaliga sazovor bo‘lgan er yuzidagi beshinchi dzyudochiga aylandi.
Chempionlar va iqtidorlar zaminisan – O‘zbekiston

Shu bugunga qadar Olimpiya o‘yinlarining uchta medalini qo‘lga kiritgan bor yo‘g‘i to‘rt nafar dzyudo ustalari bor edi. Bular Yaponiyalik Tadaxiro Nomura (dzyudo bo‘yicha yagona uch karra Olimpiya o‘yinlari chempioni), gollandiyalik Mark Xoytsinga (bitta oltin, ikkita bronza), shuningdek frantsiyalik ikki dzyudochilar Anjelo Parizi (1-2-1, bitta Olimpiya o‘yinlarida o‘z hisobiga ikkita medal qo‘shib qo‘ygan yagona dzyudochi) va David Duye (2-1-0).
Chempionlar va iqtidorlar zaminisan – O‘zbekiston

Demak, endilikda ushbu buyuk sportchilar qatorida O‘zbekistonlik Rishod Sobirov nomi ham zikr etiladi. Faoliyati davomida ikki karra jahon chempioni, uch karra Olimpiya o‘yinlarining sovrindori bo‘lish har bir professional sportchining orzusi hisoblanadi.
Chempionlar va iqtidorlar zaminisan – O‘zbekiston

Shukrki bizda esa bunday sportchilar etarlicha topiladi. Artur Taymazov faoliyati davomida erkin kurash bo‘yicha Olimpiya o‘yinlarining uchta oltin va bitta kumush medallariga sazovor bo‘ldi. Ushbu natijalari evaziga Artur xaqli ravishda jaxon sporti tarixidagi buyuk sportchilar qatoridan o‘rin oldi.
Chempionlar va iqtidorlar zaminisan – O‘zbekiston

Yana bir hamyurtimiz Oksana Chusovitina 41 yoshida ham butun gimnastika dunyosini zir titratmoqda. Axir qaysi sport gimnastikachisining professional faoliyati 26 yil davom etgan? Kim sportning ushbu turida Olimpiya o‘yinlarining xam oltin, xam kumush medallariga ega bo‘lib, uch karra jahon chempionligiga erishgan, xam Evropa chempionligi, xam Osiyo o‘yinlarining ikki karra oltin medallarini tantana qilgan?
Chempionlar va iqtidorlar zaminisan – O‘zbekiston

Hozirda butun dunyo sport gimnastikasi muxlisu mutaxassislarini qiziqtirayotgan mavzu, qanday qilib ettita Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish mumkin degan savol bo‘lmoqda. Ishoning, bunday sportchi bor va u bizning, o‘zimizning Oksana! Uning Rio-de-Janeyroda qanday natija qayd etishining ahamiyati unchalik ham katta emas aslida. Boisi u bugun jahon sportining afsonasiga aylanib bo‘ldi.
Chempionlar va iqtidorlar zaminisan – O‘zbekiston

Shu o‘rinda xaqli savol tug‘iladi. Xo‘sh, o‘zbekistonlik sportchilarning jahon arenalarida bu qadar samarali va muvaffaqiyatli ishtiroklarining sababi nimada? Buning barchasi mamlakatimizda sportga, xususan bolalar sportiga Davlatimiz va Hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor natijasidir. Mustaqil davlatimiz endigina 25 yoshga to‘lyapti. Tarixan qisqa davrda biz ana shunday natijalarga erishib, butun dunyoni xayratga solayotgan ekanmiz ellik, yuz yillardan keyin qanday muvaffaqiyatlarga erishishimiz mumkinligini tasavvur qilib ko‘ring. Bizda sportga Davlat darajasida e’tibor qaratilar ekan o‘zbeklardan yangi yangi chempionlar, Olimpiya o‘yinlari g‘oliblari, butun dunyoni zir titratadigan polvonlar etishib chiqaveradi. Bunga shak shubha yo‘q!
Zafar Imomxo‘jaev
Foto: Anvar IlShyasov
Shavkat Jalilov Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar