Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.08.2016

Ravshan Bozorov: “Og‘ir o‘yinda iroda ko‘rsata oldik”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 41
Ravshan Bozorov: “Og‘ir o‘yinda iroda ko‘rsata oldik”

“Navbahor” – “Neftchi” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” jamoasi bosh menedjeri Ravshan Bozorov ishtirok etib jurnalistlarning savollariga javob qaytardi: - Bugungi o‘yin “derbi” maqomiga ega bo‘lganligi sababli og‘ir bo‘ldi. Shu sababli bahs murosasiz ruhda o‘tdi. Bu kabi uchrashuvlarda kim g‘alabaga bo‘lgan irodani namoyish eta olsa yutuqqa erishardi. Yigitlar irodalarini namoyish etganliklari uchun ularga rahmat aytaman.

Bahs davomida darvozalar oldida xafli vaziyatlar soni u qadar ko‘p sodir etilmagan bo‘lsada uchrashuv muxlislarga qiziqarliligi jihatidan yoqdi deb o‘ylayman. Jizzaxda “So‘g‘diyona” bilan o‘tadigan uchrashuvda ham ana shunday tarzda o‘yin ko‘rsata olamiz deb o‘ylayman. Shu sababli, Jizzaxga g‘alabani ko‘zlagan holda boramiz. Yigitlar iroda ko‘rsata olishsa va o‘zlarini o‘yinga munosib tarzda tayyorlay olishsa va belgilangan ko‘rsatmalarni bajara olishsa maqsadga erishsa bo‘ladi. Toshkentdagi uchrashuvni dastlabki o‘n daqiqasi muvaffaqiyatsiz tarzda o‘tkazdik.

Aynan shundan keyin yigitlarga ruhiy tomondan qiyin bo‘ldi. Oldimizda g‘alaba qozonishdan boshqa yo‘l qolmagandi. Shu sababli futbolchilarni uchrashuvga ruhiy tomondan tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratdik. “Lokomotiv” bilan o‘tgan uchrashuvni unutgan holda maydonga tushgan yigitlarimiz o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifani bajarishdi. Futbolchilik faoliyatim davomida hujumi bo‘lganligi sababli, hujumkor tarzda harakat qilishni maqsad qilgandik. Ikkinchi bo‘limni ana shunday o‘tkazish maqsadida Isoqjonovni zaxiradan tarkibga qo‘shdik.

Yakunda ushbu rejamiz ish berdi. Keyingi uchrashuvlarda ham himoyani unutmagan holda hujumkor futbol namoyish etamiz. Keyingi uchrashuvlarda ham himoyani unutmagan holda hujumkor futbol namoyish etamiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar