Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.08.2016

Andrey Fyodorov: “O‘yinda “Navbahor” g‘alaba qozonmadi, aksincha mezbonlarga yutqazdik”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 57
Andrey Fyodorov: “O‘yinda “Navbahor” g‘alaba qozonmadi, aksincha mezbonlarga yutqazdik”

“Navbahor” – “Neftchi” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanining birinchi qismida OAV vakillarining savollariga “Neftchi” bosh murabbiy Andrey Fyodorov javob qaytardi:

- Birinchi navbatda “Navbahor” jamoasi a’zolarini qo‘lga kiritilgan g‘alaba bilan tabriklayman. Ular haqli ravishda uch ochkoni qo‘lga kiritishdi. Nima uchun deganda mezbonlar bu kabi ishtiyoq va xohish bilan g‘alaba qozonishga haqli edilar. O‘yin borasida gap ketganida, “Navbahor” bizni mag‘lub etmadi. Aksincha biz “Navbahor”ga yutqazdik. Negaki, futbolchilarimiz o‘z xatolarimiz, to‘p yo‘qotishlar tufayli raqib ruhiyatini ko‘tarishdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalarida o‘yinni tenglashtirib, tanaffusga qadar hisobni ochganimizdan keyin hammasi ko‘ngildagidek kechayotgandi. Ikkinchi bo‘limdagi tezkor gol namanganliklarga qo‘shimcha kuch bag‘ishladi. Aynan shu ishtiyoq tufayli “Navbahor” o‘z maqsadiga etishdi. Biz maydon egalarining bu o‘yiniga qurol topa olmadik. O‘yin boshlarida, o‘zimiz istagandek harakat qila olmadik. “Navbahor” esa uchrashuvni kutganimizdek o‘tkazdi. Mezbonlarning bu o‘yinlariga qarshi himoyada umuman boshqacha tarzda harakat qilishimiz kerak edi. O‘yin boshlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Keyinchalik vaziyatni o‘nglashga erishgandik. Birinchi bo‘lim borishidan kelib chiqqan holda fikr yuritiladigan bo‘lsa mag‘lubiyatimiz haqida gap bo‘lishi mumkin emasdi. Umuman olganda bugun ikki xil bo‘lgan taymlarga guvoh bo‘ldik. “Derbi” maqomiga ega o‘yinlar oson ruhda o‘tmaydi. Futbolchilarimiz buni his qilishlari kerak edi. Bu jamoamizning ichki shu sababli o‘yinni yig‘ilishlarimizda muhokama qilamiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar