Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.08.2016

Bugun futbol. “Nasaf” – “Olmaliq”

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 35
Bugun futbol. “Nasaf” – “Olmaliq”

Bugun “Nasaf” jamoasi milliy chempionatimizning 17-tur doirasidagi uchrashuvni o‘z maydoni – “Markaziy” stadionda Olmaliqning “Olmaliq” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.

Bugungi bahs jamoalarning 18-uchrashuvi bo‘ladi. O‘zaro uchrashuvlar tarixiga nazar tashlasak, 9 uchrashuvda “ajdarlar”, 1 uchrashuvda konchilar g‘alaba qozonishgan. 7 uchrashuvda esa murosa ko‘chasi tanlangan.

Qarshida bo‘lib o‘tgan 8 uchrashuvning 6tasida “ajdarlar” g‘alaba qozongan bo‘lishsa, 2 uchrashuv durang natija bilan yakunlangan.

Bugungi uchrashuv jamoamizning mavsumdagi o‘z maydonida o‘tkazilayotgan 9-uchrashuvi bo‘ladi. Buni qaranki, bugungi jamoalar ham o‘zaro 9-uchrashuvida maydonga tushishadi.

Jamoamiz bosh murabbiyi – Ro‘ziqul Sa’dullaevich esa, bosh murabbiyi sifatida o‘z shogirdlarini 108-marta maydonga boshlab tushadi. Ro‘ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoamiz bu yilgi chempionatda 9 marta g‘alabani qo‘lga kiritgan. Berdiev uchun navbatdagisi 70-sifatida tarixdan joy olishi mumkin.

Kecha bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi bahs 1:1 hisobida yakunlandi. O‘yinning so‘nggi daqiqasigacha hisobda oldinda borayotgan jamoamiz, o‘yinning qo‘shimcha daqiqalarida o‘z darvozasiga belgilangan penalShti, yoshlarimizni g‘alabadan mahrum qildi.

Zero, bugungi jamoalarning o‘zaro uchrashuvining maqomi yuqori bo‘lmasada, bu jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv haqiqiy futbol spektakli bo‘lishi turgan gap. Chunki, bunga sabablar etarlicha. IgorSh Shkvirin shogirdlari ham o‘yin oxirigacha ayovsiz kurashadigan jamoalar sirasiga kiradi. Qolaversa, tarkibimizdagi keyingi o‘zgarishlar ham, jamoamiz o‘yinlariga mazmun kashf etgan.

Shunday ekan, bugungi qiziqarli uchrashuvni o‘tkazib yubormang. “Nasaf” jamoamizni qo‘llab-quvvatlash uchun “Markaziy” stadionimizga tashrif buyuring va qiziqarli futbol uchrashuvini miriqib tomosha qiling hamda yaxshi hordiq chiqaring.

Eslatib o‘tamiz, bugungi uchrashuvga chiqarilgan chiptalar stadion qoshidagi chiptaxonalar orqali sotuvi davom etmoqda.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar