Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.08.2016

Rio-2016, 8 avgust anonsi. Olti nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 105
Rio-2016, 8 avgust anonsi. Olti nafar o‘zbekistonlik sportchi ishtirok etadi

Olimpiadaning uchinchi kuni. 8 avgust, dushanba kuni Rio-de-Jaynero sport inshootlarida 5 nafar o‘zbekistonlik sportchilar bahslarda ishtirok etishadi.
O‘q otish, 10 metr. Pnevmatik miltiq. Erkaklar
Pnevmatiq miltiqdan o‘q otish bo‘yicha Vadim Skorovarov saralash bahslarida ishtirok etadi. Hamyurtimiz saralashdan muvaffaqiyatli o‘tsa, final bahslarida qatnashadi. Saralash 17:00, final 20:00da boshlanadi.

Akademik eshkak eshish, erkaklar, yakkalik, 2000 metr.
Shahboz Xolmurzaev kecha chorak finalga chiqish uchun qo‘shimcha saralash musobaqasida kecha qatnashishi kerak edi. Ammo noqulay ob-havo tufayli bahslar bugungi qoldirildi. Boshlanish vaqti — 17:30.

Dzyudo, erkaklar, 73 kg.
Uchinchi dzyudochimiz Mirali Sharipov bugun bahslarga kirishadi. Uning dastlabki saralash bosqichidagi raqibi gollandiyalik Deks Elmont bo‘ladi. Hamyurtimiz ushbu bellashuvda g‘alaba qozonsa, nimchorak finalda Miklos Ungvari (Vengriya) / Nuno Sarayva (Portugaliya) juftligi g‘olibiga qarshi tatamiga chiqadi. Dzyudoning saralash bahslari 18:00da boshlanadi. Medallar uchun janglar 23:30ga belgilangan.
Boks, erkaklar
91 kg.gacha bo‘lgan vaznda Braziliyaga tashrif buyurgan Rustam To‘laganov bugun ekvadorlik Xulio Sezar KastilShoga qarshi ringga ko‘tariladi. Ushbu bahsdagi g‘alaba Rustamni chorak finalga olib chiqadi. Boshlanish vaqti — 21:30.

Eng engil vazn toifasidagi (49 kg.) bokschimiz Hasanboy Do‘smatov ham bugun o‘z jangini o‘tkazadi. Nimchorak finalda unga meksikalik Xoselito Velazkes raqiblik qiladi. Jang 01:00da start oladi.
Suzish, 200 metr, kompleks
Ra’noxon Omonova bugun o‘zining ikkinchi yo‘nalishi — 200 metr masofaga kompleks uslubda suzish bahslarida ishtirok etadi. Saralash bahslari 22:00dan boshlab start oladi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar