Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.08.2016

Bugun futbol! «Lokomotiv - «Andijon»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 64
Bugun futbol! «Lokomotiv - «Andijon»

Bugun "Lokomotiv" oliy ligada 17-tur uchrashuvini o‘tkazadi. "Temiryo‘lchilar" TTYMI stadionida "Andijon"ni qabul qilishadi. O‘yin 19:30da start oladi.

Oliy liga, 17-tur. "Lokomotiv" - "Andijon"

Bosh hakam: Dmitriy Pislegin (Toshkent).

Turnir jadvalidagi o‘rni: "Lokomotiv" 1-o‘rinda (42 ochko), "Andijon" 14-o‘rinda (12 ochko).

Ochkolar orasidagi farq - 30 ochko.

Ta’rif: Har ikkala jamoa ikkinchi davrani g‘alaba bilan boshladi. "Lokomotiv" o‘z maydonida "Navbahor"ni yirik 5:0 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, "Andijon" "Paxtakor"ni 1:0 hisobida engdi. Bugun TTYMI stadionida qiziqarli bahs kechishi kutilmoqda. "Lokomotiv" oliy ligadagi mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirishga harakat qilsa, "Andijon" "Paxtakor" ustidan qozonilgan g‘alaba tasodif emasligini isbotlashga urinadi.

Fakt: Andijonda kechgan birinchi davra o‘yinida "Lokomotiv" 3:1 hisobida g‘alaba qozongan. O‘yinda Temurxo‘ja Abduxoliqov ikkita to‘p kiritib, dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Sardor Mirzaev hisobiga yozilgan.

Fakt: "Lokomotiv" oliy ligada mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa bo‘lib turibdi. Jamoa uch marta durang o‘ynab, 13 bellashuvda zafar quchgan. "Andijon" esa qatorasiga ettita o‘yindan so‘ng nihoyatda o‘tgan turda g‘alabaga erishdi. Umuman olganda, andijonliklar hisobida faqat to‘rtta g‘alaba bor, xolos.

Eslatma: Kecha bo‘lib o‘tgan Yoshlar ligasi bahsida mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchishdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar