Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

08.08.2016

"Navbahor" - "Neftchi": prevShyu

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 256
"Navbahor" - "Neftchi": prevShyu

Ertaga "Navbahor" va "Neftchi" Oliy liga 17- tur o‘yinlari doirasida o‘zaro kuch sinashadi. Barchaga ma’lumki, "Neftchi" bilan kechadigan to‘qnashuvlar har doim murosasiz va keskin kurashlarga boy ruhda o‘tgan. "Vodiy derbisi" maqomidagi navbatdagi bellashuv ham jangovor va qiziqarli ruhda o‘tishi kutilmoqda. Uchrashuv soat 18.30 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuvni Ravshan Ermatov boshqaradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidovlar yordam berishadi. Akobirxo‘ja Shukurullaev esa zaxira hakami vazifasini bajaradi. Namangandagi bahsda nazoratchilik vazifasi Baxtiyor Tog‘aev zimmasiga yuklatilgan. E’tiborlisi, Ravshan Ermatov Oliy liga doirasida "Neftchi" bilan kechgan so‘nggi besh o‘yinning to‘rttasini boshqargan.

«Navbahor» va «Neftchi» jamoalari O‘zbekiston chempionatining Oliy ligasida 49 bor uchrashishgan. 12 ta uchrashuvda "Navbahor" g‘alabani nishonlagan bo‘lsa, 25 o‘yinda farg‘onaliklarning qo‘li baland kelgan. Tomonlar o‘n ikki bor murosa ko‘chasini tanlashgan. To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich 48-74, "Neftchi" foydasiga. O‘zaro o‘yinlar to‘purari sobi hujumchimiz Shuhrat Mirxoldirshoev sanaladi. Futbolchi "lochinlar" safidagi faoliyatida "Neftchi" darvozasini jami 7 marotaba aniq nishonga olgan. Uning ortidan hisobida 6 gol bilan farg‘onaliklar yarim himoyachisi Akmal Xolmatov ta’qib qilib kelmoqda.

Farg‘onaliklar "Navbahor" maydonida so‘nggi bor 2011- yilda 3 ochko ishlashgan. "Lochinlar" ushbu raqib ustidan Namanganda jami besh marotaba imkoniyatni boy berishgan, xolos. Statistik ma’luotlarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, "Neftchi"ni jamoamiz o‘z maydonida yirik hisobda xali mag‘lub etishni uddasidan chiqmaganiga guvoh bo‘lamiz. Raqib esa o‘z tarixida 6 bor "navbahorchilar" ustidan 3 to‘p farqi bilan g‘alaba qozongan. "Navbahor" faqatgina 2004- yilda Shuhrat Mirxoldirshoevning dubli va Patrik Agboning goli evaziga "Neftchi"ni safarda 3:0 hisobida engishga muvaffaq bo‘lgan.

Darvoqe, 2003- yildan buyon "lochinlar" farg‘onaliklar darvozasiga o‘z maydonida bittadan ortiq gol ura olishmayapti. Eslatib o‘tamiz, jamoalarning joriy mavsum birinchi davrasida Farg‘onada o‘tgan to‘qnashuvida "Neftchi" Sherzod Hakimovning yagona goli evaziga uch ochkoga ega bo‘lgan. O‘tgan yili "Navbahor" maydonida kechgan "Vodiy derbi"si esa Ulug‘bek Baqoevning goli evaziga "Navbahor" g‘alabasi bilan yakunlangandi.
Namanganda o‘tgan o‘zaro o‘yinlardagi natijalar quyidagicha:

1992 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 2:0
Gollar: B.Rahmonov (32), R.Zabirov (55).

1993 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 0:0

1994 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:1
Gollar: E.Eraliev (54) – N.Quttiboev (49).

1995 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 0:3
Gollar: S.Atoyan (13,45), S.Zavalnyuk (80).

1996 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:0
Gollar: E.Mamotov (7).

1997 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 0:3
Gollar: R.Do‘rmonov (54,83), S.Lebedev (76).

1998 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 2:2
Gollar: L.Koshelev (17), R.G‘ofurov (23) – V.Radkevich (47), U.Isoqov (57).

1999 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 2:1
Gollar: A.Soliev (50,64) – U.Isoqov (56).

2000 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 3:3
Gollar: Sh.Rahmonqulov (18,55), Sh.Nazarov (74) - U.Isoqov (45), A.Berdiev (70), A.Xolmatov (72).

2001 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 2:0
Gollar: S.Jeparov (21), Sh.Mirxoldirshoev (65).

2002 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 2:1
Gollar: Sh.Mirxoldirshoev (18), S.Asqaraliev (52) – S.Lebedev (65).

2003 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 2:0
Gollar: A.Mochinov (15), O.Usmonxo‘jaev (67)

2004 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:1
Gollar: Sh.Mirxoldirshoev (73-pen.) – N.Shoimov (40).

2005 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:0
Gol: T.Madrahimov (90).

2006 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 0:2
Gollar: M.Saidov (7), I.Kovalenko (79).

2007 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 0:1
Gol: A.Xolmatov (62-pen.).

2008 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:0
Gol: D.Jabborov (79).

2009 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:1
Gollar: I.Boydedaev (79) – A.Xoliqov (11).

2010 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:1
Gollar: D.Sharofiddinov (2) – A.Alijonov (18-pen.).

2011 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 0:2
Gollar: O.Nurboev (30), Sh.Hakimov (78).

2012 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:0
Gollar: G‘.Jo‘raev (30).

2013 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:1
Gollar: Q.Mahammadjonov (48) – M.Saidov (68).

2014 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:1
Gollar: Sh.Po‘latov (76) – J.Jiyamurodov (86).

2015 yil
"Navbahor" - "Neftchi" - 1:0
Gol: U.Baqoev (81).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar