Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.08.2016

"Navbahor" chempionlikning 20 yilligida 1-ligagami?

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 72
"Navbahor" chempionlikning 20 yilligida 1-ligagami?

"Navbahor"ning hozirgi ahvoli bundan 20 yil oldin hech kimni hayoliga kelmagan bo‘lsa kerak. Oldinlari ham jamoa bir necha bor oliy ligada jon saqlash uchun kurashgan, lekin hech qachon bugunchalik "Navbahor" ishqibozlari klubdan xavfsirashmagan. Bugungi kunda namanganliklar eng zaif tarkibga egalar, deb bemalol aytish mumkin. Klub rahbarlari murabbiylarni almashtiraverishi natijasida "Navbahor" shu ahvolga kelib qoldi.
Har bir mutaxassisga hech bo‘lmasa 2-3 yil imkoniyat berish kerak edi. "Lokomotiv" bilan o‘yinda ham to‘g‘risi men ishonmagan edim jamoani ochko olishiga lekin namanganlik muxlislar o‘z suyuklilarini qo‘llab-quvvatlash uchun uzoq yo‘ldan kelishib, bola chaqasini rizqini qiyib poytaxtga kelishdi. Oqibatda nima bo‘ldi, tarixda bo‘lmagan voqea bo‘ldi - 5 daqiqada 3 ta gol!

Tarkibi 98% foizga yangilagan "Navbahor" kuchayishi o‘rniga quyi ligadan o‘yinchilar oldi. Nima bizni 1-ligamizda shunchalik o‘yinchilarni mahorati oliy liga futbolchilarinikidan zo‘rmi? Oddiy misol, birinchi liga to‘purari Aleksinni 90 daqiqaga yaramasligi, o‘zini almashtirishini so‘ragani qanday saviyaga ega ekanligidan darak. Hali oldinda 8 ta o‘yin mehmonda va 6 ta uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazadigan "Navbahor" qancha ochko oladi?
O‘z uyida "Neftchi", "Qizilqum", "Buxoro", "Ma’shal", "Paxtakor" va "Olmaliq"ni qabul qiladi. Shulardan faqatgina "Olmaliq" va "Neftchi"dan ochko olishi mumkin, qolgan jamoalar ochko bermasligi haqiqatga yaqinrok. Bu tarkib bilan judayam qiyin. Yana kim bilsin, bu mening bir taxminim xolos. Farazlarim xato bo‘lib chiqishini Allohdan so‘rab qolaman. Men namanganlik futbol ishqibozlariga achinganimdan o‘z fikrlarimni yozdim, ayrim muxlislar "Lokomotiv" bilan o‘tgan uchrashuvda shunchalik achinib ko‘z yosh to‘kishdiki, ta’riflashga til ojiz. Endi faqatgina jamoani keyingi o‘yinlarida ulardan omad yuz o‘girmasligini so‘rab qolamiz. Olg‘a, "Navbahor".
Obid RUSTAMOV

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar