Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.08.2016

"Nasaf": Yoshlarimiz so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 141
"Nasaf": Yoshlarimiz so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi

Yoshlarimiz bugun 17-tur doirasidagi uchrashuvni o‘z maydonida o‘tkazib, “Olmaliq” jamoasi yoshlari bilan bahs olib borishdi.

Uchrashuv birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida kechgan bo‘lsa, vaqt o‘tgan sayin jamoamiz tashabbusni o‘z qo‘liga oldi. Ammo yuzaga keltirilgan vaziyatlardan futbolchilarimiz foydalana olishmadi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida mehmonlarda hisobni ochish uchun juda qo‘lay vaziyatga ega bo‘lishdi. “Olmaliq” jamoasining hujumchisi to‘p uchun kurashda darvozabonimiz bilan tuqnashib ketdi va uchrashuv hakami 11 metrlik jarima nuqtasini ko‘rsatdi. Qadamboy Nurmetov penalShtini golga aylantira olmadi – 0:0.

Uchrashuv birinchi bo‘limining qolgan vaqtlarida ham jamoalarda gol urish uchun imkon bo‘lishiga qaramasdan, darvozalar dahlsizligi saqlanib qoldi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘lim dastlabki bo‘limga nisbatan shiddatliroq bo‘ldi. Yoshlarimizning tashkil etgan ketma-ket hujumlarida gol urish juda qo‘lay vaziyatlar vujudga keltirildi. Ana shunday vaziyatlarda Islom Kenjaboev, Dilshod Xushbakovlarda gol urish uchun aniqlik etishmadi.

Uchrashuvdagi hisob 76-daqiqaga kelib ochildi. Jamoamiz futbolchilarining ko‘pchilik bo‘lib tashkil etgan hujumida Sardor Sa’dullaev kutilmaganda himoyachilar orasidan darvozaga zarba yo‘llab, raqib darvozabonini dog‘da qoldirdi – 1:0.

Ushbu goldan so‘ng ham futbolchilarimiz faollikni susaytirishmasdan hujumlarga yana zo‘r berishdi. Mehmonlar asosan himoyada o‘ynashib, qarshi hujumlarda harakat qilishdi. Uchrashuv asosiy vaqti nihoyachiga etib, qo‘shimcha daqiqalar boshlangan bir paytda, darvozamiz tomon hakam tomonidan ikkinchi penalShti beligilandi. Bu safar ham darvozabonimiz hujumchi bilan tuqnashib ketgan edi. Bu paytda hakam Muzaffar Sharipovga ikkinchi sariq kartochka ko‘rsatib, maydondan chetlatdi ham. 11 metrlik jarimani Timur Ergashev golga aylantirdi va hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Yoshlar o‘rtasidagi bahs ana shu hisobda o‘z yakuniga etdi. G‘alabaga juda yaqin turgan jamoamizdan omad yuz o‘girdi.

Yoshlarimiz navbatdagi tur uchrashuvini 11 avgust kuni Toshkentda “Obod” jamoasi yoshlariga qarshi o‘tkazishadi.

Yoshlar ligasi, 17-tur. 07.08.2016.

“Nasaf” – “Olmaliq” 1:1 (0:0)

Sputnik qo‘rg‘oni, Yoshlar qarorgohi maydoni.

Hakamlar: Elyor Tursunov (Buxoro), Artyom Kalinin (Qarshi), Zufar Eliboev (Qarshi), Ravshan Abduvaxidov (Qarshi).

Nazoratchi: A.S.Abdullaev (Toshkent).

Gol: Sardor Sa’dullaev, 76’-1:0 – Timur Ergashev (pen.), 90+5’-1:1.

Amalga oshirilmagan penalShti: Qadamboy Nurmetov - 20.

“Nasaf”: 13.Muzaffar Sharipov, 4.Akmaljon Olimov (9.Sirojiddin Ettiboev 86, 12.Amirbek Lutfullaev 90+4), 6.Sirojiddin Qo‘ziev (43.Timur Fayzullaev 74), 7.Akbar Murodov, 16.Dilshod Xushbakov, 20.Akmal Mozgovoy, 22.Islom Kenjaboev, 28.Sardor Sa’dullaev, 35.Rahimbek Javliev, 41.Najmiddin Normurodov (s), 15.Abbos Baxshillaev (34.Ilhomjon Alijonov 51).

Zaxira: 19.Navro‘zjon Izatillaev, 32.Abdulaziz Nishonboev, 33.Botirjon To‘raev.

“Olmaliq”: 35.Nikita Shkvыrin (s) (12.Roman Abdulov59), 4.Bexzod Mirzamurotov, 5.Shaxboz Tojiboev, 6.Muhammad Isaev (18.Jasurbek Umarov 46), 7.Farhod Imamov, 9.Qadamboy Nurmetov, 10.Timur Usmonov (13.Timur Ergashev 64), 14.Doniyor Nabiev (8.Yahyo Ro‘ziev 76), 15.Amirxon Ibrohimov, 17.Mirjalol Miryusupov, 19.Sunatulla Abdullajonov (11.Shaxboz Umarov 59).

Zaxira:

Ogohlantirish: Muzaffar Sharipov 19, 90+4, Islom Kenjaboev 48 - Akmal Mozgovoy 39, Shaxboz Tojiboev 51, Timur Usmonov 63,

Chetlatish: 13.Muzaffar Sharipov (2SK), 90+4.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar