Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.08.2016

"Manchester Yunayted" Angliya superkubogi sohibi!

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 58
"Manchester Yunayted" Angliya superkubogi sohibi!

«Manchester Yunayted» klubi Angliya Superkubogi uchun bo‘lgan o‘yinda «Lester» klubini 2:1 hisobda mag‘lub etib, nufuzli sovrin sohibi bo‘ldi.

Birinchi bo‘limda «Lester» klubi biroz tashabbusga ega bo‘ldi. Ayniqsa, tulkilarning sandart vaziyatlari xavfli ko‘rinish oldi. Sindzi Okazaki ikki bor burchak zarbasidan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘llashi mumkin edi. Bir vaziyatda unga darvozabon to‘sqinlik qilgan bo‘lsa, ikkinchisida to‘p darvoza to‘siniga tegdi.

«MYu»ning hujumdagi o‘yini qovushmadi. Biroq futbolchilarning individual mahorati ularga qo‘l keldi. 35-daqiqada Lingard bir necha futbolchini aldab o‘tib, jarima maydoni markazidan yorib kirib, aniq zarba bilan darvozani ishg‘ol etdi.
Ikkinchi bo‘lim «MYu» uchun omadsiz boshlandi. 52-daqiqada Fellayni to‘pni darvozabonga oshiraman deb xatoga yo‘l qo‘ydi. Natijada Vardi darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, uni aldab o‘tib, bo‘sh qolgan darvozani ishg‘ol etdi.

O‘yin yakunidan «MYu» g‘alaba keltiruvchi golni urishga erishdi. Chap qanotdan jarima maydoniga oshirilgan to‘pni Ibrohimovich boshi bilan darvozaga aniq yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuv tugaguncha «Lester» bir qancha imkoniyatlarga ega bo‘lsa-da, mag‘lubiyatdan qutilib qololmadi.

7 avgust. London, «Uembli» stadioni.
Lester – Manchester Yunayted 1:2
Gollar: 0:1 – 32 Lingard, 1:1 – 52 Vardi, 1:2 – 83 Ibrohimovich.
Lester – ShmayxelSh, Morgan, Fuks (Shlupp, 80), Xut (UlShoa, 89), Simpson (Ernandes, 63), King (Mendi, 63), Drinkuoter, Olbrayton (Grey, 46), Marez, Okazaki (Musa, 46), Vardi.
Manchester Yunayted – De Xea, Valensiya, Shou (Roxo, 69), Bayi, Blind, Lingard (Mata, 63; Mxitaryan, 90), Fellayni, Kerrik (Errera, 61), Ibrohimovich, Marsial (Reshford, 70), Runi (Shnayderlin, 88).
Ogohlantirishlar: Simpson (40), King (55), Bayi (71), Vardi (75).

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar