Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.08.2016

Yoshlar ligasi. “Andijon” safarda “Lokomotiv”ni mag‘lub etdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 72
Yoshlar ligasi. “Andijon” safarda “Lokomotiv”ni mag‘lub etdi

Yoshlar ligasining o‘tgan turida “Paxtakor”dan mag‘lub bo‘lgan “Andijon” o‘rinbosarlari bu safar Toshkentning boshqa bir jamoasi “Lokomotiv” bilan to‘qnash keldi.

Garchi safarda o‘ynashlariga qaramay yigitlarimiz maydonda borini berib xarakat qildi va kerakli uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Uchrashuvning 17-daqiqasi o‘tib borayotganida vakillarimiz birinchi bo‘lib hisobni ochishga erishdi. Baxtiyor Qosimov jarima zarbasini qoyilmaqom tarzda bajardi. “Lokomotiv” posboni Rustam Nortojiev zarbani qaytarishga ojiz edi.

Goldan so‘ng mezbonlar ham muvozanatni tiklash uchun astoydil oldinga o‘tishgan bo‘lsada, himoyachilarimiz bexato xarakat qilib, o‘z vaqtida xavflarni bartaraf etib bordi.

Uchrashuvda boshqa gol kuzatilmadi va shu tariqa yoshlarimiz safardan g‘alaba bilan qaytadigan bo‘ldi. Aytish kerakki, ayni damda “Andijon” o‘rinbosarlar jamoasi turnir jadvalida 3-o‘rinni band etib turibdi. Endi keyingi turda “Qo‘qon-1912″ni qabul qilamiz.

Yoshlar ligasi, 17-tur
7 avgust, yakshanba

“Lokomotiv” – “Andijon” 0:1
Gol: Baxtiyor Qosimov, 17.

“Lokomotiv”: 96. Rustam Nortojiev, 7. Quvondiq Ro‘ziev, 10. Boburbek Tillaboev, 17. Evgeniy Tanaev, 20. Farruh Ibrohimov (S), 22. Ulug‘bek Abdullaev, 24. Bobur Yuldashev, 68. Sergey Proxorov, 70. Bobur Ergashev, 87. Hayot Rahimjonov, 99. Humoyun A’zamov.

Zaxira: 25. Sarvar Karimov, 8. Jahongir Safarov, 11. Bek Abdullaev, 21. Alisher Sheraliev, 28. Rustam Hazratqulov, 36. Azizbek Omonov, 97. LazarSh Adamov.

“Andijon”: 50. Barakatullo Isroilov, 4. Dilmurod Mahmudov (S), 6. Shoxjahon Hasanov, 7. Shoxruh Ergashev, 8. Baxtiyor Qosimov, 17. Timur VasilShev, 18. Xondamir Yuldashev, 45. Artur Mamatkazin, 55. Vyacheslav Purak, 67. Shoyad Mullajonov, 70. Solohiddin Solohiddinov.

Zaxira: 16. Davron Jo‘raqulov, 11. Ozod Komilov, 20. Eldor Jonibekov, 28. Farruh Mirzaev, 33. Bobur O‘rishev.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar