Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.08.2016

Rio-2016, 7 avgust anonsi. 6 nafar sportchimiz bahslarda ishtirok etadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 317
Rio-2016, 7 avgust anonsi. 6 nafar sportchimiz bahslarda ishtirok etadi

Bugun olimpiadaning ikkinchi kuni. Yana 6 nafar sportchilarimiz bahslarda ishtirok etishadi. Ularning anonsi bilan tanishtirib o‘tamiz.

Akademik eshkak eshish, erkaklar, yakkalik, 2000 metr.
Shahboz Xolmurzaev bugun chorak finalga chiqish uchun qo‘shimcha saralash musobaqasida qatnashadi. Bu bosqichda guruhlarda dastlabki ikkita o‘rinni egallagan sportchilar keyingi bosqichga chiqadilar. Boshlanish vaqti — 16:30.

Stol tennisi, erkaklar
Zohid Kenjaev kecha chexiyalik tennischini mag‘lub etib, ikkinchi bosqichga yo‘l olgandi. Bugun hamyurtimiz Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan Liam Pitchfordga qarshi bahs olib boradi. Ushbu sportchi dunyo reytingida 28-o‘rinni band etib turibdi. Boshlanish vaqti — 18:00.

Zohid ushbu sportchi to‘sig‘idan o‘tsa, navbatdagi bosqichda xitoylik Ma Long bilan bahslashadi. Uchinchi bosqich o‘yini bugun 22:30ga belgilangan.

Dzyudo, erkaklar, 66 kg.
Dzyudoda bugun erkaklar 66 kg, ayollar 52 kg. vaznda bellashuvlarni o‘tkazishadi. Erkaklar musobaqasida hamyurtimiz Rishod Sobirov bahslarga kirishadi. Qur’aga ko‘ra, 1/16 final bosqichida hamyurtimiz belaruslik Dmitriy Shershanga qarshi tatamiga chiqadi. Rishod g‘alaba qozonsa, nimchorak finalda Jo Maxit (Vanuatu orollari) / Jeymi Mata (Aruba orollari) juftligi g‘olibiga qarshi jang olib boradi. Dzyudo bahslari 18:00dan start oladi.
Tennis, erkaklar, yakkalik
O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin olimpiadadagi ilk o‘yinini o‘tkazadi. Hamyurtimiz David Ferrerga qarshi kortga chiqadi. Ispaniyalik sportchi musobaqada 8-raqam ostida tartiblangan. Boshlanish vaqti — 19:00.

Boks, erkaklar, 69 kg.
Shahram Giyasov o‘z faoliyatida ilk marta Olimpiadada ishtirok etmoqda. Dastlabki saralash bosqichida unga ispaniyalik Yuba Sissokoga qarshi ringga ko‘tariladi. Boshlanish vaqti — 01:45.

Sport gimnastikasi, ayollar, umumiy
O‘z faoliyatida ettinchi olimpiadada ishtirok etayotgan Oksana Chusovitina bugun umumiy (4ta yo‘nalishni o‘z ichiga olgan) saralash bahslarida ishtirok etadi. 41 yoshli sportchimiz bugungi natijalar orqali umumiy va alohida yo‘nalishlar bo‘yicha final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga urinib ko‘radi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar