Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.08.2016

Diyorbek O‘rozboev: «Birinchilardan bo‘lib bahslarga kirishish juda ham mas’uliyatli»

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 55
Diyorbek O‘rozboev: «Birinchilardan bo‘lib bahslarga kirishish juda ham mas’uliyatli»

Dzyudo kurashi bo‘yicha terma jamoamiz a’zosi Diyorbek O‘rozboev Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilayotgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida delegatsiyamiz hisobiga dastlabki medalni keltirdi.
Og‘irlik vazni 60 kg.gacha bo‘lgan polvonlar bellashuvida tatamiga tushgan iste’dodli sportchimiz Avstraliya, Shveytsariya, Braziliya hamda Gruziya terma jamoasi a’zolarini mag‘lub etib, bronza medali sovrindori bo‘ldi.
“Birinchilardan bo‘lib bahslarga kirishish juda ham mas’uliyatli. Men bunga ham jismonan, ham ruhan tayyor edim. Biz sportchilarga Davlatimiz va xukumatimiz tomonidan qaratilayotgan alohida e’tibor o‘z so‘zini aytmoqda. Odatda sportchilar mana shunday g‘alabalarni biror-bir sana yohud yaqinlaridan biriga bag‘ishlaydilar. Men Olimpiya o‘yinlaridagi birinchi medalimni Davlatimiz mustaqilligining 25 yilligiga bag‘ishlayman. Xalqimiz, Prezidentimiz ishonchlarini oqlaganligimdan xursandman. Fursatdan foydalanib meni doimo qo‘llab-quvvatlab turadigan oilamga, ustozlarimga ham o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Bu barchamizning yutug‘imizdir”, - deydi Diyorbek O‘rozboev.
Shu tariqa, mamlakatimiz Istiqlolga erishgandan buyon yozgi Olimpiya o‘yinlarida sportchilarimiz tomonidan qo‘lga kiritilgan medallar soni 21taga etdi. Shundan 5 tasi (ikkita kumush va uchta bronza) dzyudo ustalarimizga tegishlidir.
Albatta, Olimpiya o‘yinlarining birinchi kunidayoq sovrindor bo‘lgan davlatlar safidan o‘rin egallash har qancha tahsinga loyiq. Umid qilamizki, Diyorbekning zafarli odimi Olimpiya o‘yinlariga kelgan qolgan sportchilarimizga ham yuqori kayfiyat bag‘ishlaydi va qo‘lga kiritilajak medallarimiz soni kundan-kunga ortib boraveradi. Bu yo‘lda yurtdoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Ma’lumot uchun. Diyorbek O‘rozboev 1993 yilning 17 avgust kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida tavallud topgan. Xalqaro toifadagi sport ustasi. Murabbiylari: Jamshid Xudoyberganov va Vyacheslav Pereteyko.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar