Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

07.08.2016

Rio-2016. 6 avgust kundaligi: Birinchi kunda bronza medalSh

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 575
Rio-2016. 6 avgust kundaligi: Birinchi kunda bronza medalSh

Rio-2016 olimpiadasining dastlabki kuni ortda qoldi. 6 avgust kungi bahslarda o‘zbekistonlik sportchilarning natijalarini eslatib o‘tamiz.

Akademik eshkak eshish. Erkaklar, yakkalik, 2000 metr.
Shahboz Xolmirzaev saralash bosqichida ishtirok etdi va o‘z guruhida 5 sportchi orasida finishga to‘rtinchi bo‘lib etib keldi. O‘z guruhlarida dastlabki 3ta o‘rinni egallagan sportchilar chorak finalga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l oldi. Hamyurtimiz 7 avgust kuni qo‘shimcha bosqichda ishtirok etadi. Bu bosqichda guruhlarda dastlabki ikkita o‘rinni egallagan sportchilar chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.
Suzish. Sportchilarimiz keyingi bosqichga chiqa olishmadi
Suzish bo‘yicha 400 metrga kompleks uslubda suzish bo‘yicha Ra’noxon Omonova saralash bosqichida ishtirok etdi. O‘zbekistonlik sportchi ikkinchi guruhda so‘nggi o‘rinni qayd etdi. Ushbu natija hamyurtimizga finalga chiqish uchun imkoniyat bermadi. Omonova endi 200 metrga kompleks uslubda suzish musobaqasida ishtirok etadi.
Brass uslubida 100 metrga suzishda hamyurtimiz Vladislav Mustafin saralashning 3-guruhida 1-yo‘lakchadan suzishni amalga oshirdi. Vatandoshimiz 1:01.66 natija bilan o‘z guruhida 6-o‘rinni egalladi. Bu natija Mustafinga yarim finalga chiqish uchun etarli bo‘lmadi. Vladislav Rio-2016dagi o‘z ishtirokini yakunladi.

Stol tennisi. Zohid Kenjaev keyingi bosqichga yo‘l oldi
O‘zbekiston olimpiya tarixida stol tennisi bo‘yicha ilk marta erkak sportchi ishtirok etmoqda. Zohid Kenjaev Rio-2016 olimpiadasining dastlabki saralash bosqichida chexiyalik sportchiga qarshi bahs olib bordi va g‘alaba qozondi. Hamyurtimiz Lyubomir Yankarik ustidan 4:2 (8:11, 11:2, 13:11, 11:6, 8:11, 11:9) hisobida zafar quchdi. Zohid Kenjaev navbatdagi bosqichda Buyuk Britaniya vakili Liam Ritchfordga qarshi bahs olib boradi.
Boks. Xurshid Tojiboev nimchorak finalga yo‘l oldi
Boks bo‘yicha 60 kg.gacha bo‘lgan vaznda ishtirok etayotgan Xurshid Tojiboev saralash bosqichida qatarlik Hakan Ereskerni mag‘lub etdi. Hamyurtimiz uch raund davomida katta ustunlikka ega bo‘lib, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Har uchala hakam ustunlikni Tojiboevga berdi — 30:25, 30:27, 30:27. Nimchorak finalda Xurshid Tojiboev buyuk britaniyalik Yozef Kordinaga qarshi ringga ko‘tariladi.

Dzyudo. Diyorbek O‘rozboev — bronza medalSh sovrindori!
Pekin-2008 va London-2012 olimpiya o‘yinlarining dastlabki kunida dzyudochimiz Rishod Sobirov (60 kg.) O‘zbekiston delegatsiyasiga ilk medalni keltirgandi. Ushbu vaznda ishtirok etgan Diyorbek O‘rozboev ushbu an’anani davom ettirdi va mamlakatimizga bronza medalni taqdim etdi.
O‘rozboev 1/16 final bosqichida avstraliyalik Joshua Katts, nimchorak finalda shveytsariyalik Lyudovik Chammartinni mag‘lub etdi.
Dzyudochimiz chorak finalda qozog‘istonlik Eldos Smetovga imkoniyatni boy berdi. Jangning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Oltin ochko uchun kechgan qo‘shimcha bo‘limda Smetov "yuko" ishlashga muvaffaq bo‘ldi.

Sportchimiz bronza medali uchun o‘tish jangida braziliyalik Felipe Kitadayga qarshi tatamiga chiqdi. Bellashuv tugashiga 35 soniya qolganida O‘rozboev ajoyib uslub qo‘lladi va "ippon" bahosi bilan g‘alaba qozondi.
Hamyurtimiz bronza medali o‘rin uchun kechgan bahsda gruziyalik Amiran Papinashvilini mag‘lubiyatga uchratdi. Bellashuv debyutida Diyorbek "yuko" bahosini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi va ustunlikni bahs so‘nggiga qadar saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, O‘zbekiston hisobiga Rio-2016da bronza medali yozib qo‘yildi.
Sport gimnastikasi
Anton Fokin birdaniga 6ta snaryadda mashq bajarish musobaqasida ishtirok etmoqda. Uning natijalari bilan keyinroq tanishtirib o‘tamiz.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar