Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.08.2016

«Qo‘qon-1912» yangi o‘yinchilarni tanishtirdi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 82
«Qo‘qon-1912» yangi o‘yinchilarni tanishtirdi

Bugun “Qo‘qon-1912” jamoasi safiga ikkinchi davra arafasida kelib qo‘shilgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qo‘qondagi “Markaziy” o‘yingohda bo‘lib o‘tgan tadbirda “Qo‘qon-1912” klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar va bir qator muxlislar ishtrok etishdi.

Marosimni odatdagidek, “Qo‘qon-1912” futbol klubi vitse-prezidenti, bosh direktori Baxtiyorjon Tolipov ochdi.

– Bu yilgi mavsum jamoamiz uchun og‘ir bo‘lmoqda, deb so‘z boshladi klub rahbari. – Birinchi davrani ko‘ngildagidek o‘tkaza olmadik. Shuning uchun ikkinchi davra arafasida tarkibning yarmini yangilashga qaror qildik. Klubimizdan 9 nafar futbolchi ketgan bo‘lsa, 10 nafar yangi o‘yinchini oldik.

Otabek Haydarovning jarohati bor. Safga qaytgach, uning holatiga qarab hujumchi borasida yakuniy xulosaga kelamiz.

O‘ylaymanki, mavsum so‘nggida o‘z oldimizga qo‘ygan vazifalarni bajara olamiz. Bunda albatta siz muxlislarning ko‘magi ham kerak bo‘ladi. “Qo‘qon-1912”ning fidoiy muxlislari bisyor ekanligini bilaman. Sizlar jamoamizni yaxshi yomon kunlarida qo‘llab-quvvatlab turishingizga ishonaman. Bugun ikkinchi davra arafasida o‘z safimizga qo‘shib olgan yangi futbolchilarni keng ommaga tanishtiramiz.

Shundan keyin mavsumning ikkinchi qismida jamoamiz sharafini himoya qiladigan yangi o‘yinchilarga ikkinchi davrada qaysi raqamlardagi futbol liboslarida o‘ynashlarini ommaga taqdim etishdi. Unga ko‘ra, Nikita Ribkin 13, Shoxrux Xolmatov 49, Darko Gojkovich 55, Sobir Hamidov 70, Ibrohim Rahimov 75. Nodir Yo‘ldoshev 80, Nikola Valentich 83, Suhrob Berdiev 90, Javohir Siddiqov 99, Mirto‘ra Akbarov 89 raqamlarda maydonga tushishlari oydinlashdi.

Ikkinchi davrada murabbiylar shtabida ham o‘zgarish yuz berdi. Endi darvozabonlarimizga Anvar Jabborov ustozlik qiladi. Marosimda ushbu mutaxassis ham muxlislarga tanishtirildi.

Tadbirda shuningdek, jamoamiz bosh murabbiyi No‘’mon Hasanov ham so‘zga chiqib, qo‘qonlik futbol muxlislariga qo‘llab-quvvatlab turishgani uchun minnatdorchilik bildirdi va bundan keyin ularning daldalari har qachongidan ham muhim ekanligini ta’kidladi.

Marosimning yakuniy qismida “Markaziy” o‘yingoha yig‘ilgan futbol muxlislar klub vitse-prezidenti Baxtiyorjon Tolipovga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar