Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.08.2016

Iskandar Shaykulov: Yo‘qotilgan ochkolarni to‘ldiramiz

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 93
Iskandar Shaykulov: Yo‘qotilgan ochkolarni to‘ldiramiz

“Mash’al” jamoasi himoyachisi Iskandar Shaykulov bilan qisacha suhbat uyushtirganimizda, jamoasining hali yo‘qotilgan ochkolarni to‘ldirishga ishonmoqda.

-Iskandar mana 2-davra ham boshlandi. Jamoangiz startni xuddi birinchi davradagidek boshladi.

-Ha o‘xshash holat albatta, ammo biz hali yo‘qotgan ochkolarimizni to‘ldirib olamiz. Bitta mag‘lubiyat bo‘yicha bizga baho berish noo‘rin albatta, shuning uchun hali kerakli natijani qo‘lga kiritamiz.

–“Qizilqum” jamoasi bilan bahsda sizlarga nima etishmadi?

-Bizga omad etishmadi deb, uylayman, bir qancha vaziyatlardan foydalana olmadik, albatta bu mag‘lubiyatda butun jamoaning aybi bor.

-Keyingi bahsni safarda yana bir jiddiy jamoa “Metallurg”ga qarshi o‘tkazasizlar, bu bahsda ham sizlarga oson bo‘lmasligi aniq.

-Ha, Bekobodda haqiqiy jang bo‘ladi menimcha, chunki hozir barchamiz g‘alaba ishtiyoqida yonmoqdamiz. Muxlislarimiz bizdan yana ranjishdi, endi ahvolni yaxshilamasak bo‘lmaydi.

-“Mash’al”ga davralar oralig‘ida 4 nafar yangi futbolchilar qo‘shib olindi. Ular haqida nima deya olasiz?

-Ha hozirda to‘rt nafar yangi jamoadoshlarimiz safimizdalar, Mirzakamol Kamolov va Kenja To‘raevlar “Qizilqum” bilan bahsda debyutlarini o‘tkazishdi. Menimcha ikkala futbolchi ham yomon taasurot qoldirmadi deb, o‘ylayman. Legionerlarimiz Derkach va Pavlenkolar keyingi bahslarda albatta jamoamizga yordam berishadi, ularga omad tilayman.

-Qisqa bo‘lsada suhbatimiz so‘ngida jamoangiz muxlislariga tilaklaringiz?

-Tilaklarim, muxlislar bizni stadionga kelib qo‘llab quvvatlashsin, har gal faqatgina fan kulubimiz bizni olqishlab turishadi. Biz muxlislar uchun, muxlislar esa biz uchun kerak. Shunday ekan, “Mash’al”ni birgalikda yuqoriga ko‘taraylik. Aytib o‘tganimdek, hali biz barchasini to‘g‘rilaymiz.

–Raxmat siz va “Mash’al” jamoasiga biz ham omad va zafarlar tilaymiz!

-Raxmat sizga ham.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar