Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.08.2016

CAFA CUP-2016. O‘zbekiston-2 Qirg‘iziston bilan durang o‘ynadi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 81
CAFA CUP-2016. O‘zbekiston-2 Qirg‘iziston bilan durang o‘ynadi

Bugun, 6 avgustda, Toshkentdagi "Jar" stadionida 19 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiasi kubogi (CAFA Cup) turniri start oldi.

Musobaqa taklif etilgan jamoalardan Eron ushbu turnirda ishtirok eta olmasligini bildirdi. Shu sababli O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolaridan ikki jamoa tashkil etildi va har ikkisi ham Jasur Abduraimov boshchiligida harakat qilmoqda.

Turnirning dastlabki uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 10:30da boshlandi. Unda O‘zbekiston-2 U19 terma jamoasi Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushdi va 2:2 hisobida durang natija qayd etdi.

O‘yinning 30 hamda 44-daqiqalarida Viktor Kelm o‘z hisobiga gollar yozib qo‘yib, hisobni Qirg‘iziston foydasiga 2:0 ko‘rinishiga olib kelgan edi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Sanjar Qodlirqulov hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Sobit Sindorov 11 metrlik jarima to‘pidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi — 2:2.

CAFA Cup-2016.

O‘zbekiston-2 - Qirg‘iziston 2:2

Gollar: S. Qodirqulov (45), S. Sindorov (60) - V. Kelm (30, 44)

O‘zbekiston-2: Umidjon Ergashev, Aziz Suyunov, Tursun Rahimberdiev, Abdulloh Islomov, Davron Umirov, Doston Berdiqulov, Abduqodir Ortiqov, Jahongir Ahmadov, Javohir Esonqulov, Jahon Mirahmatov, Sanjar Qodirqulov.

Zaxira: Shoxruh Raimov, Muhammad Kamilov, Azamat Roziqov, Sobit Sindorov.

Qirg‘iziston: Arstan Kudaiberdiev, Nurtai Kurmantai, Danislam Zagidulin, Georgi Slavni, Aizar Akmatov, Uulu Irisbek, Suintbek Mamiraliev, Azat Smatov, Aidar Mambetaliev,Kadirbek Shaarbekov, Viktor Kelm.

Zaxira: Kutman Kadirbekov, Kuvanchbek Kurenkeev, Abdurasul Ahmetov, Almaz Smatov, Nurbolot Irisbekov, Vadim Ni, Emir Jetibaev.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar