Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

06.08.2016

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlandi

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 286
XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlandi

XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi Rio-de-Janeyro shahridagi “Marakana” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Tantanavor bezatilgan stadionda Braziliyaning o‘ziga xos tarixi, milliy an’analari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari va san’at ustalarining chiqishlari namoyish etildi.
An’anaga binoan maydonga birinchi bo‘lib Gretsiya sportchilari kirib keladi. Olimpiada Vatani vakillaridan so‘ng to‘rt yillikning eng yirik sport bayramida ishtirok etayotgan davlatlar terma jamoalariga navbat beriladi...
...O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ini baland tutgan mashhur sportchimiz – boks bo‘yicha jahon chempionati sovrindori Bahodir Jalolov stadionga kirib keladi. O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolarini muxlislar qizg‘in olqishlar bilan kutib oladi. O‘zbekiston sportchilari akademik eshkak eshish, badiiy gimnastika, baydarka va kanoeda eshkak eshish, boks, dzyudo, engil atletika, og‘ir atletika, sport gimnastikasi, stol tennisi, suzish, taekvondo (WTF), tennis, trampolin, o‘q otish, erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkaziladigan bellashuvlarda ishtirok etadi.
Davlatimiz rahbarining 2013 yil 25 fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarini 2016 yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq sportchilarimizning mahorati va tajribasini oshirishi uchun xalqaro maydondagi nufuzli musobaqalarda qatnashish, xorijiy davlatlarda va yurtimizda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari o‘tkazish uchun zarur shart-sharoit yaratildi. Sportchilarimiz Olimpiya o‘yinlariga saralash vazifasini o‘tagan turli nufuzli musobaqalarda ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdi.
XXXI yozgi Olimpiadagacha bo‘lgan davr – so‘nggi to‘rt yil Vatanimizning sport salohiyati yuksalib borayotganini, xalqaro maydonlarda munosib ishtirok etadigan iqtidorli sportchilar avlodi voyaga etayotganini ko‘rsatdi.
Bu jihatlar Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tgan XVII Osiyo o‘yinlarida, Xitoyning Nankin shahri mezbonlik qilgan II o‘smirlar Olimpiadasida, boks, erkin va yunon-rum kurashi, og‘ir atletika, dzyudo, taekvondo (WTF), badiiy gimnastika kabi qator sport turlari bo‘yicha jahon va qit’a chempionatlarida, nufuzli turnirlarda mamlakatimiz sportchilarining qo‘lga kiritgan yuksak g‘alabalarida yaqqol namoyon bo‘ldi. Sportchilarimiz 2015 yilning o‘zida xalqaro maydonlarda 311 oltin, 274 kumush, 276 bronza, jami 861 medalni qo‘lga kiritdi.
Prezidentimizning 2016 yil 12 iyuldagi O‘zbekiston Respublikasi sportchilarining 2016 yilda Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tadigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarligi va ishtiroki to‘g‘risidagi qaroriga asosan, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari – O‘zbekiston sportchilarini munosib rag‘batlantirish, ularning Vatanimiz sporti shon-shuhratini oshirishga qo‘shgan munosib hissasini taqdirlash maqsadida mukofotlar belgilandi.
...Marakana” stadionida ikki yuzdan ziyod mamlakat jamoalari saf tortadi.
Olimpiada madhiyasi yangrab, XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari bayrog‘i ko‘tariladi.
Olimpiya o‘yinlarining vatani – Olimpiya shahrida quyosh nurlaridan alanga oldirilgan mash’ala stadionga olib kiriladi.
XXXI Olimpiya o‘yinlari boshlandi. Nufuzli musobaqada olimpiyachilar sportning o‘ttizdan ortiq turi bo‘yicha 306 medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.
O‘zbekiston sportchilarining yozgi Olimpiya o‘yinlaridan hamisha medallar bilan qaytishi an’anaga aylangan. Bu yilgi XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida o‘tmoqda. Sportchilarimiz bu yilgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida “Go‘zal va betakrorimsan, muqaddas Vatanim, jonim senga fido, O‘zbekistonim!” degan shiorni qalbiga jo qilib, bo‘lajak bellashuvlarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritishga va eng ulug‘, eng aziz bayramimizga munosib tuhfa bilan qaytishga ahd qilgan.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar