Скачать Демо музыку бесплатно в mp3 формате.
Добро пожаловать на наш Узбекский музыкальный сайт ELLO.UZ! На нашем сайте вы найдете альбомы популярных Узбекских исполнителей и сможете скачать их целиком. Все исполнители удобно отфильтрованы по жанрам. В верхней части сайта расположен поиск песен, где вы сможете найти любого Узбекского исполнителя, либо найти песню, которую вы так давно искали. Если вам нужно скачать музыку бесплатно в формате Узбекский MP3 и Узбекский Клип , то это именно тот сайт, который вам пригодится и вы можете его Добавить в Закладки.
,
BEK
BEK (Администратор)
Shuhrat
Shuhrat (Журналист)
ELLO
ELLO (Журналист)

05.08.2016

Futzal bo‘yicha JCh-2016. Gvatemala: mundialga to‘rtinchi bor tashrif buyurayotgan jamoa

Автор: BEK Комментариев: 0            Просмотров: 138
Futzal bo‘yicha JCh-2016. Gvatemala: mundialga to‘rtinchi bor tashrif buyurayotgan jamoa

Gvatemala terma jamoasi futbolda katta obro‘ga ega emasdir balki, biroq futzalda vaziyat umuman boshqacha. Uning JChda hozirga qadar uch bor ishtirok etgani fikringizni biroz o‘zgartirishi mumkin.

Gvatemala turnirning «C» guruhida Paragvay, Italiya va VShetnam termalariga qarshi kurash olib boradi.

Kolumbiyaga yo‘l

Gvatelmala terma jamoasi KONKAKAF chempionatining uchinchi jamoasiga aylanganidan keyin Kolumbiyadagi Jahon Chempionati chiptasini qo‘lga kiritdi. Bronza medallar buning uchun sababdir.

Jamoa musobaqani mag‘lubiyat bilan boshladi. Panamaga qarshi bellashuv 1:4 hisobi bilan yakuniga etdi. Biroq gvatemalaliklar qo‘lni tushirishmadi va harakatda davom etishdi. Avvaliga Meksika 6:2 hisobida, keyinroq esa Gonduras mag‘lub etildi — 6:4. Mana shu ikki g‘alaba Gvatemalaga mundial uchun yo‘l ochdi.

Yarim finalda keyinchalik KONKAKAF chempionligini nishonlagan Kosta-Rikaga qarshilik qilib bo‘lmadi — 1:7. 3-o‘rin uchun o‘yinda esa Kuba taslim etildi.

Jamoa haqida

2015 yilga kelib Gvatemala bosh murabbiy Eduardo Estradani ispaniyalik Tomas de Dios bilan almashtirdi. Yangi mutaxassis jamoadagi g‘alabaga bo‘lgan chanqoqlikni saqlab qoldi va bir vaqtning o‘zida uni yangilab, kapital «ta’mirdan» chiqardi.

Tajribalilardan esa uch donasi olib qolindi. 2000 yilgi mundialda o‘ynagan Karlos Merida va aka-uka Edgar hamda Migel Santiso yosh futzalchilarga tajriba ulashmoqda. Roberto Alvarado va Jonatan Arevalo kabi yigitlardan Jahon Chempionatida umid katta.

Mundiallar tarixi

Kolumbiyadagi mundial Gvatemala uchun tarixdagi to‘rtinchisi bo‘lsa, uzluksizlik borasida ketma-ket uchinchisidir.

2000 yilgi Jahon Chempionati mezboni sifatida Gvatemala tanlab olindi va jamoa o‘zining birinchi ishtirokini shu tariqa amalga oshirdi. O‘sha mundialning birinchi o‘yinida g‘olib chiqqan jamoadan muxlislar bir nimalarni umid qila boshladi. Biroq Braziliyaga qarshi 2:29 hisobi bilan yakuniga etgan o‘yin mamlakatda futzalni rivojlantirish kerakligini ko‘rsatdi.

2008 yil Braziliyada bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatiga Gvatemala jiddiy tayyorlandi va yakunda 20 ta jamoa orasida 10-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Bu yomon natija emasdi.

2012 yilgi Tailand mundialini Gvatemala Kolumbiyani 5:2 hisobida mag‘lub etish bilan boshladi. Biroq keyingi ikki o‘yinda mag‘lub bo‘ldi. Mana endi Kolumbiyadagi Jahon Chempionatida o‘zini ko‘rsatish uchun tayyorgarlik ko‘ryapti.

Manba: Stadion.uz


Категория: Спорт UZ     Нашли ошибку?

Похожие музыки

Похожие клипы

Добавить комментарий

avatar